So’nggi yangiliklar

17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0

Argentina mundialning eng kuchsiz termasi, Xorvatiya esa... Yangiliklar

Argentina mundialning eng kuchsiz termasi, Xorvatiya esa...

Xorvatiya o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Xuddi ular jahon chempionligi uchun davogardek.

XORVATIYA HAQIDA

Xorvatiya termasi har doim kuchli jamoalardan biri bo'lib kelgan. Ularda Evro yoki JCHning kamida yarim finaliga chiqishga loyiq tarkibi bor. Mana hozirda ularning tarkibi dahshatli darajada - CHorluka, Lovren, Modrich, Perishich, Mandjukich, Rakitich, Kovachich, Brozovich, Badel, Vrsalko... SHunchaki ajoyib. Ular Evro-2016da Portugaliyaga qay tarzda mag'lub bo'lib, 1/4 finalga chiqa olmaganini yaxshi eslaymiz.

Endi Xorvatiyaning baland dorga osiladigan vaqti keldi. Ular sovrinli o'rinlar orqali qanday darajada ekanligini ko'rsatishlari kerak. Keling, endi termalarning tarkibini biroz taxlil qilamiz. Ketdik.

TARKIBDAGILAR GO'YOKI "MASHINA"

Yana bir bor Xorvatiyaning 1/4 finalga chiqa olmagani yomon holat bo'lganini tushuntirib o'taman. Maqolaning boshida termaning etakchilari sifatida Rakitich, Modrich va Manjukichlarni keltirib o'tdik. "Barselona", "Real", "Yuventus" futbolchilari biroz to'xtang. Albatta, ularning o'yinlari barcha raqiblar uchun qiyinchilik tug'diradi. Bu futbolchilar standartlarni yaxshi ijro etishadi, uzoq masofalardan zarbalar yo'llashadi, asosiysi top-jamoalarning sharafini himoya qilishadi. Mario jarima maydonchasi ichida boshi bilan yaxshi o'ynaydi, barcha sxemalarga mos tushadi, bu uning plyus tomonlari. U bunday sifatlari bilan har doim asosiy tarkibda o'ynay oladi. Umuman olganda terma safidagi barcha futbolchilar o'z klublarida etakchi. Zlatko Dalich milliy termani qiyin va tanqidli davrda qabul qilib oldi va shu darajaga olib chiqdi. Endi u yigitlaridan maksimum kuchni talab qilishga haqli.

ARGENTINA HAQIDA

Aslida Argentina mundial yo'llanmasiga so'nggi daqiqalarda ega chiqqandi. Jamoa saralashda nursiz o'yin namoyish qilib, barchani ranjitayozgandi. Tarkibga ahamiyot bering: Messi, Iguain, Di Mariya, Dibala... Argentina tarkibidagi barcha futbolchi o'z klubining eng muhim futbolchilaridan. Messi - futbol qirollaridan biri, Aguero - "Manchester Siti", Iguain - "Yuventus" to'purari. Ular o'tgan safargi mundialda alo darajadagi o'yin namoyish qilishgandi. Endi-chi...

Dibala "Yuventus" kosmik o'yin ko'rsatayotgan bir vaqtda Sampaoli televizordan nimani tomosha qilayotgandi? O'zi umuman futbolni tushunadimi dedi ko'pchilik.

(Yaqinda Zlatan Ibragimovich hujumchi Karim Benzema Franciya termasi uchun loyiq futbolchiligini aytgandi. Agar u bunga loyiq ko'rilmasa, Karimni termaga chaqirmayotgan Dide Desham Franciya uchun noloyiq inson degandi)

ARGENTINA MURABBIYI HECH NIMANI TUSHUNMAYDI

Keling, Zlatanning gapiga iddao sifatida Sampaolini ham terma bosh murabbiyligi uchun noloyiq deb hisoblaymiz. U qo'lida yaxshigina masalliqlar bo'lsa-da, hech kim emaydigan ovqatni pishiradigan oshpaz rolini o'ynamoqda. To'g'ri, u CHilida ajoyib ishladi, "Kopa Amerika"ni qo'lga kiritdi. Aynan shunday aspektlar tufayli Leo Messining ustozi bo'ldi. Xo'sh, uning Argentina termasidagi o'tgan faoliyati davomida yaxshi ish qildimi? Yo'q! Ispaniya (1:6), Nigeriya (2:4) kabi termalarga sharmandalarcha mag'lub bo'ldi. Argentina JCH-2018ning 2 turida 6 imkoniyatdan 1 ochko oldi. SHu natijaning o'zi murabbiyning saviyasidan dalolat.

Argentina mundialning eng kuchsiz termasi. Ularning o'yinlarida mantiq yo'q. Hatto chempionat boshlanishidan oldin autsayderlar qatoriga kirgan Rossiya ham qanday o'yin ko'rsatayotganini tomosha qilpyasiz. Argentinaning eng katta xatosi - Xorxe Sampaoli.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика