So’nggi yangiliklar

08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  5 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  4 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  1 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  11 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  7 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  15 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  3 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  20 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  22

Argentina futzalchilari yarim final haqida nimalar deyishdi? Yangiliklar

Argentina futzalchilari yarim final haqida nimalar deyishdi?

Argentina futzal terma jamoasi azolari Qozog'istonga (1:6) qarshi kechgan bahsdan so'ng yarim final bosqichi haqida fikr bildirib o'tishdi.

"Biz uchun finaldan oldingi final bo'ldi. Biz eng maksimal o'yinimizni namoyish etdik. Fikrimcha biz g'alabaga loyiq edik, ayniqsa kuchli himoya chizig'imiz bunga sabab bo'la oldi. Keyingi uchrashuv haqida ham o'ylashimiz kerak. Franciya terma jamoasi mundiallarda birinchi marotaba ishtirok etayotganiga qaramay, jiddiy natijaga erishishga ulgurdi", - deya fikr bildirdi Nikolas Sarmiento.

"Qiyin uchrashuv o'tkazdik. Qozog'iston dunyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri ekanligini isbotladi. Mening fikrimcha keyingi uchrashuv ham bugungi bahsdek qiyin kechadi. Franciya terma jamoasi ushbu mundialda barchani hayratga solmoqda", - dedi Klaudino.

"Biz musobaqadagi eng qiyin uchrashuvni o'tkazdik va Qozog'iston mundialda davomida biz to'qnash kelgan eng kuchli jamoa edi, lekin biz juda yaxshi va tartibli o'yin namoyish etdik va g'alaba qozondik. Eng muhimi musobaqadagi yurishimizni davom ettirish", - dedi Bolo Alemani.

"Musobaqaning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri o'tkazildi. Arenada bo'sh o'rindiq topa olmadim, muxlislarning katta qismi raqib jamoani qo'llab quvvatlaganiga qaramay, muxlislar bilan to'lgan arena o'ynash juda yoqimli. Biz kuchli raqibga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va bu bizga ish berdi. Dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Igitaga qarshi o'ynash oson emasligini o'zingiz ko'rdingiz. Keyingi bosqich - yarim final. Final yo'llanmasi uchun kechadigan bahsda Franciya terma jamoasi bizga raqiblik qilishini hozirgina bilib oldim. Francuzlarni o'rganib chiqamiz va ularga qarshi ham shunday yaxshi va chiroyli o'yin namoyish etamiz degan umiddaman", - deya fikr bildirdi Pablo Taborda.

"Biz individual jihatlama juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Igitaning o'zi jamoa qanchalik tajribali futzalchilarga ega ekanligiga isbot bo'la oladi. Biz o'yin davomida asosan himoyalandik, ammo kerakli vaziyatlarda hujumga o'ta oldik. Aqlli o'yin namoyish etganimiz sabab g'alaba qozona oldik deb o'ylayman. Nimchorak final bosqichidan boshlab, mag'lub bo'lgan jamoalar uylariga jo'nab ketishmoqda. Biz esa ushbu musobaqa imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz. Yarim finalda har bir xatoning ahamiyati juda katta bo'lishi aniq", - deydi Kevin Arrieta.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Eslatib o'tamiz, Argentina yarim finalda Franciyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 3 oktyabr kuni soat 20:00da "Humo Arena"da o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика