So’nggi yangiliklar

18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 17:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  79 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  22 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Paragvay terma jamoasi ancha tajribali va kuchli" Yangiliklar

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Paragvay terma jamoasi ancha tajribali va kuchli"

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lyukuiks qura marosimidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi

- Argentina terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan mundialdagi maqsadlari qanday?

- Musobaqa biz uchun omadli bo'lishiga ishonaman. Mundialda yaxshi ishtirok etib finalga qadar etib borishga harakat qilamiz. Guruhdagi raqiblarimiz anchagina kuchli. Biz final bosqichiga qadar kurashamiz.

- Argentina terma jamoa jamoasi so'ngi ikki Jahon chempionatlarida finalga qadar etib borgan. 2016 yili chempionlik va 2021 yili kumush medallari qo'lga kiritilgan. Jamoangiz ketma-ket uchinchi marotaba finalga chiqa oladimi?

- Maqsadimiz yana bir marotaba finalda ishtirok etish. Litvada o'tkazilgan so'ngi Jahon chempionatining final uchrashuvida alamli tarzda mag'lub bo'lgan edik. Bu safar ushbu natijani takrorlamaymiz degan umiddaman. Bosh sovrinni yana bir bor Argentinaga olib ketish uchun borimizni beramiz.

- O'zbekiston Argentina bilan qitadosh Paragvay terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oldi. Paragvay terma jamoasi haqida gapirib o'tsangiz?

- Paragvay ancha tajribali va kuchli terma jamoa deb o'ylayman. O'zbekiston ham ancha raqobatdosh guruhdan joy oldi.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика