So’nggi yangiliklar

08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  5 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  4 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  1 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  11 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  7 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  15 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  3 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  20 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  22

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Biz turnirda nafaqat o'zimiz, balki Jahon chempionatida to'p tepishni orzu qiladigan barcha bolakay, havaskor va mahalliy futzalchi uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Biz turnirda nafaqat o'zimiz, balki Jahon chempionatida to'p tepishni orzu qiladigan barcha bolakay, havaskor va mahalliy futzalchi uchun o'ynaymiz"

Futzal bo'yicha JCH yarim finali doirasidagi Franciya – Argentina bahs oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lukuiks va terma jamoa futzalchisi Pablo Taborda qatnashdi.

"Franciya juda kuchli jamoa hisoblanadi. Debyut ishtirokidayoq yarim finalga etib kelishi bu jamoaning ishtiyoqi bizdagi kabi yuqori ekanligidan dalolat beradi. 

Biz turnirda nafaqat o'zimiz, balki Jahon chempionatida to'p tepishni orzu qiladigan barcha bolakay, havaskor va mahalliy futzalchi uchun o'ynaymiz. 

Oldinda juda muhim o'yin kutib turibdi. Masuliyatni his qilib turibmiz. G'alaba qozonish uchun jasoratni yo'qotmasdan, o'z o'yinimizni namoyish etishimiz darkor. 

Franciyada biz kabi bosimning yo'qligi biz uchun ko'proq xavf tug'diradi. Hozirga qadar oldimizga qo'ygan vazifalarni uddaladik. Ushbu bosqichda ham g'alaba qozonishimizga ishonaman", – dedi Matias Lukuiks.


"O'ylashimcha, guruh bosqichida eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik. Biz barcha bilgan va kutgan Argentina emas edik. Darvozamizdan bir nechta gol o'tkazib yubordik. Guruh bosqichidan so'ng xatolarni muhokama qildik, mashg'ulotlarda buni tuzatish borasida ishladik, murabbiyning bizdan talab qilayotgan jihatlariga ko'proq etibor qaratdik. Bu esa chorak finalda o'z isbotini topdi. 

O'yin oldidan jamoaviy birga bo'lamiz, mate ichamiz, musiqa tinglaymiz, karta o'ynaymiz. Bunday odatlarni yaxshi ko'ramiz. 

Biz o'zimizga ishonamiz. Murabbiylar shtabi ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilamiz va bu yarim finalda ham ish beradi degan umiddaman", – dedi Pablo Taborda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика