APL yangi mavsumida "VAR" boshqacharoq ishlaydi
21 may 2024 15:42
Yangiliklar
APL yangi mavsumida "VAR" boshqacharoq ishlaydi
Yangi mavsumda bosh hakam qo'pol xatoga yo'l qo'ygan taqdirda "VAR" darhol masalaga aralashadi.
SHuningdek, ushbu jarayon imkon qadar kamroq vaqt olishi uchun tizim faqatgina hakamlar shubhasiz xatoga yo'l qo'yayotgan epizodlarda ishga tushadi. Tabiiyki, 50/50 bo'lgan vaziyatlarda bosh hakam qarori o'z kuchida qolaveradi.
Angliya Premer-Ligasi va PGMOL hakamlar tashkiloti "VAR"ni yo'q qilish emas, uning ishlash tizimini yaxshilash zarur deb hisoblashadi.
Klublar 6 iyun sanasida har yili o'tadigan yig'ilishda "Vulverxempton" iltimosiga ko'ra, "VAR"ni butkul bekor qilish bo'yicha masalada o'z ovozlarini berishadi. Taxminlarga ko'ra, tizimni bekor qilish uchun zarur bo'lgan 14 ovoz yig'ilmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar