So’nggi yangiliklar

19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  0 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  2 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  3 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  1 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  3 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  7 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  1 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  6 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  4 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2

APL. "Manchester Yunayted" 19-o'rindagi jamoaga ochko ulashdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" 19-o'rindagi jamoaga ochko ulashdi

APLning 23-turidan o'rin olgan "Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Vest Bromvich – Manchester Yunayted 1:1

Gollar: Dian (2, 1:0), Fernandesh (44, 1:1).

Vest Bromvich – Jonston, Bartli, Ajayi, Taunsend, Meytlend-Naylz, Gallaxer, Snodgrass (Fillips, 87), Mateus Pereyra, Yokushlu (Livermor, 67), Pelter (Ferlong, 46), Dian.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, SHou, Fred (van de Bek, 80), Maktomini, Brunu Fernandesh, Kavani, Reshford, Marsyal (Grinvud, 66).

Ogohlantirish: Gallaxer (37), Bartli (61), Meytlend-Naylz (79), Snodgrass (85), Dian (89).

West Bromwich Albion

Mbaye Diagne - 2'

Premier League . 24-tur

14/02/2021, 19:00

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 44'

Stadion: The Hawthorns, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
2'  Mbaye Diagne
2'  Conor Gallagher
37'  Conor Gallagher
46'  Lee Peltier (Darnell Furlong)
61'  Kyle Bartley
64'  Semi Ajayi
67'  Okay Yokuslu (Jake Livermore)
79'  Ainsley Maitland-Niles
85'  Robert Snodgrass
87'  Robert Snodgrass (Matthew Phillips)
89'  Mbaye Diagne
44'  Bruno Fernandes
44'  Luke Shaw
66'  Anthony Martial (Mason Greenwood)
79'  Fred (Donny van de Beek)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! MYU 19-o'rindagi jamoani ham mag'lub eta olmadi. Biroq mankunianliklar 2-o'rinda qoldi. 

90+5. ZARBAAAA!! Maguayrning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi...

90+3. Fernandeshning zarbasini Jonston ushlab oldi.

90+2. MYU 20-o'rindagi "SHeffild"ga mag'lub bo'lgandi. Endi 19-o'rindagi jamoa MYUga tarsaki tushirishga yaqin turibdi.

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBAAAA!!! Dian 100 foizlik imkoniyatni ko'kka sovurdi!!!

85. Snodgrass o'z jarima maydonchasi yonida Reshfordni yiqitdi. MYUda standart vaziyat.

78. UXXXXXXX!! NIMALAR BO'LDIII!! Maguayr gol olib kelishi mumkin edi. Nyang!! De Xea qutqardi jamoani!!

72. EXXXXX!! "Vest Brom" ajoyib qarshi hujumni yo'qqa chiqardi. Meytlend-Naylzning pasini De Xea ushlab oldi.

70. UXXXXXX!!! Avvaliga Brununing zarbasini Jonston, keyinchalik Maktominining zarbasini esa Ferlong qaytarib qoldi.

64. Yo'q! Ajayi Maguayrni ushlamagan va fol bo'lmagan deb topildi)

63. VAR ishga tushdi. Bosh hakamning o'zi vaziyatni borib ko'rmoqchi.

61. PENALTIII!! Tushunib bo'lmayapti. Penalti bo'ldi shekilli.

58. Brunu Fernandeshning zarbasini Jonston ushlab oldi.

54. ZARBAAAAAA!! Pereyraning zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. UXXXXXX!! Van-Bissaka o'z qanotida ikki marta raqibini "do'konga" jo'natib, markazga to'pni oshirdi. Snodgrass to'pni autga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

DAXSHATTT!!! MYUning uch nafar futbolchisi "Vest Brom" posboni bilan birga-bir holatga chiqib ketayotgan paytda bosh hakam taymni yakunlab berdi)) Juda va juda kulgili vaziyat.

45+2. "Vest Brom" ketma ket burchak zarbalaridan naf chiqara olmadi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. GOOOOOOOOOLLL!!! BRUNUUUU!!! YORVORDI GOLNI BRUNUUU!!!

39. Lindelof hujumdagi Brunu tomon to'pni uzatdi. Fernandesh to'pga eta olmadi.

37. Ux! Gallaxer Fredga qarshi fol ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

34. Fernandeshning qanotdan oshirgan to'pi anchagina kuchli bo'lib o'tib ketdi.

32. SHou jarimadan to'pni uzatgandi. Lekin bu vaziyatda offsayd qayd etildi.

30. Bu safar ikkinchi qavatdagi kurashda Lindelof Dianni mag'lub qildi. Ammo fol ishlatishga majbur bo'ldi.

27. ZARBAAAAAA!! Snodgrassning boshi bilan yo'llagan zarbasini De Xea qaytardiii!!!

23. ZARBAAAAAA!! IEEEE!!! Nima bo'ldi?! Himoyachi avtogol urib qo'yishi mumkin bo'lgandi. Hakamlar esa buni ko'rmadi va burchak zarbasi o'rniga to'pni "Vest Brom"ga olib berdi.

21. "Vest Bromvich" futbolchisi jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

15. "Yunayted" uzoq vaqt davomida hujum qilishga intildi. Marsyal esa tushunarsiz qarori sababli hujumni to'xtatdi.

11. "Yunayted" hujumga o'tayotgandi. Van-Bissaka qoidani buzdi.

8. Fredning zarbasini Sem Jonston ushlab oldi.

6. UXXXXX!! MYUda imkoniyat yuzaga kelgandi. Reshford zarba berishga harakat qildi. Ammo himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi. Qolaversa, offsayd ham qayd etildi.

2. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!! Qanotdan oshirilgan to'pni Dian darvozaga kiritdi. Lindelof bu erda ikkinchi qavatdagi kurashda yutqazib qo'ydi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Xotorns" stadioniga qaratamiz. Unda "Manchester Yunayted" 2-o'ringa qaytish uchun "Vest Bromvich"ni taslim qilishga harakat qilib ko'radi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика