So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

APL. Zerikarli o'tgan Manchester derbisida g'olib aniqlanmadi Yangiliklar

APL. Zerikarli o'tgan Manchester derbisida g'olib aniqlanmadi

Angliya chempionati 12-turidan o'rin olgan markaziy bahs 22:30 da start oladi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.

"Manchester Yunayted" – "Manchester Siti" 0:0

22.30, "Old Trafford"

"Manchester Yunayted" – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelef, SHou, Brunu Fernandesh, Fred, Pogba, Maktomini, Reshford, Grinvud (Marsyal, 74).

"Manchester Siti" – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Uoker, de Bryuyne, Rodri, Sterling, Fernandino, Marez (Ferran Torres, 66), Gabriel Jezus.

Manchester United

Premier League . 12-tur

12/12/2020, 22:30

0
:
0
Tugadi

Manchester City

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
74'  Mason Greenwood (Anthony Martial)
79'  Harry Maguire
49'  Kyle Walker
66'  Riyad Mahrez (Ferran Torres)
87'  Fernandinho

YANGILASH

Nihoyat, o'yin tugadi. Manchester derbisi nomiga munosib o'tmadi...

90+2. Kevin de Bryuynening zarbasi noaniq ketdi.

90. ZARBAAAAAAA!! Brununing kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi!

88. Brununing zarbasini Ederson ushlab oldi.

86. Erta-indin ko'chaga chiqsak, eslashga arziydigan o'yin bo'lmadi.

83. Rahim Sterling raqib jarima maydonchasi ichida bahaybat Maguayr tomonidan yiqitildi. Bu erda penaltiga tortadigan vaziyat yo'q edi.

79. Maguayr o'z jarima maydonchasi yonida Jezusni "yiqitdi. Takroriy lavhada hech nima bo'lmaganini ko'rdik. Maguayr sariq oldi.

76. O'yin tempi hech ko'tarilmadi-da. Vaziyatlar juda kam. Ikki tomon ham extiyotkorlikni maqul ko'rmoqda.

72. "Siti" hali ham bosimni davom ettirmoqda. "Yunayted" esa hujumlarni qaytarishda qiynalmayapti.

68. ZARBAAAAA!!! Jezus to'pni De Bryuynega oshirdi. Kevinning zarbasini Maguayr qaytardi. "Siti"ning bosimi davom etadi.

66. Sokin o'tayotgan o'yinni Torres zaxiradan tushib, biroz buzib qo'ydi.

60. Fernandinoning zarbasi noaniq ketdi.

54. Pogba Reshfordga chiroyli pas bergandi. Lekin Markus vaziyatdan foydalana olmadi.

52. Grinvud o'ziga o'zi vaziyat yaratdi, biroq undan foydalana olmadi.

49. Ha, offsayd bor ekan. qaytamiz.

48. PENALTII!! VAR orqali ko'rish kerak. Reshford offsaydda qolib ketgan bo'lishi mumkin.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Zerikarli o'tgan birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. MYUda ham vaziyat. Brununing burchakdan oshirgan to'piga Lindelof boshi bilan noaniq zarba berdi.

35. DE XEAAAAAAAA!! O'yindagi ilk golga tortadigan vaziyat! KDB chiroyli pasi orqali Maxrezni gol urish uchun ideal vaziyatga chiqarib berdi. Zarbani De Xea qaytardi!

33. "Siti" hujum uyushtirdi. Birinchisini Lindelof qaytargan bo'lsa, ikkinchi tempdagi hujumni Fred to'xtatdi.

31. ZARBAAAA!! Burchakdan oshirilgan to'pga Maguayr boshi bilan noaniq zarba berdi.

30. EXXXX!! Pogba ajoyib vaziyatni ko'kka sovurdi. Raqibining pasi sekin borganidan Fernandesh foydalanib qoldi va to'pni Reshfordga oshirdi. Markus esa Pogbani to'p bilan taminladi. Polning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

26. ZARBAAAAAAA!!! Maxrezning ajoyib pasidan keyin Jezus yaqin masofadan MYU darvozasini aniq nishonga ola bilmadi.

24. Yo'q, Brununing jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi.

22. Rodri o'z jarima maydonchasi yonida Pogbani yiqitdi. Nuqta gol urish uchun ideal.

21. ZARBAAAAA!!! Rahim Sterling MYU jarima maydonchasi ichida ikki raqibidan o'tib ketdi va zarba berdi. MYUni goldan Maguayr qutqarib qoldi.

18. Lindelof to'pni Brunuga oshirgandi. Fernandesh to'pni erga tushirmasdan darvozaga tepishga harakat qildi. Zarba o'xshamadi.

15. Fred qaytdi. MYU yo'qotishlarsiz o'yinni davom ettiradi.

14. Fredning jarohati jiddiy ko'rinadi. O'yin to'xtatildi, MYUning "motori"ga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Matich esa mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

11. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Burchakdan oshirilgan to'p bir necha futbolchilarning yonidan o'tib ketdi. Maktomini bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi.

11. UXXXX!! Pogbaning chiroyli pasidan keyin Brunu to'pni markazga oshirmoqchi edi. Stounz xavfni bartaraf etdi.

7. De Bryuyne ajoyib pasi orqali Sterlingni qulay vaziyatga chiqarib borgandi. Rahim to'pni to'xtata olmadi.

5. Fred jarohat olgan ko'rinadi. Yo'q, menimcha u o'yinni davom ettira oladi.

3. Maguayr to'pni hujumdagi SHouga uzatgandi. Lyuk offsaydda qolib ketdi.

1. Demak, uchrashuv boshlandi!!!

- Orzular teatriga ikki jamoa futbolchilari chiqib kelishdi. Hamma narsa chiroyli (sardorlik bog'ichidan tashqari).

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Manchester Siti" "Old Trafford"da mehmon bo'ladi. Bugun ikki klub Manchester shahri uchun kurashadi. O'yin yakunida esa #ManchesterisBlue yoki #ManchesterisRed bo'ladi. Sizlar bilan o'yinni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика