APLda yangi mavsumdan VAR bekor qilinishi mumkin!
15 may 22:36
Yangiliklar
APLda yangi mavsumdan VAR bekor qilinishi mumkin!
Angliya Premer Ligasi videotakrorlardan voz kechishi mumkin. The New York Times nashrining tasdiqlashicha, "Vulverxempton" klubi APL rahbariyatiga VARni bekor qilish bo'yicha taklif kiritgan. 6 iyun kuni klub vakillari umumiy yig'ilishda ushbu masala bo'yicha ovoz berishadi.
"Vulverxempton" bu so'rovni jo'natishdan oldin chuqur tahlil o'tkazganini, APL hamda hakamlar qo'mitasini hurmat qilishini malum qilgan.
"VARning APLdagi besh yillik xizmatlaridan so'ng, bu tizimning kelajagi borasida chuqur munozaralar o'tkazish payti keldi. Tizimning bizga berayotgan arzimagan foydasi evaziga biz katta haq to'layapmiz – o'yinimizning jozibadorligi tushib bormoqda", -deyiladi "Vulverxempton" klubi bayonotida.
APL rahbariyatining o'zi VARning bekor qilinishiga qarshi, liganing malum qilishicha, bu o'yinlardagi xatolarni ortishiga va APLning imidjiga yomon tasir o'tkazadi.
Fikrlar