So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

APL klublari Navas bilan shartnoma imzolamoqchi Yangiliklar

APL klublari Navas bilan shartnoma imzolamoqchi

Angliyaning "Nottingem Forest" va "Bornmut" klublari kosta-rikalik darvozabon Keylor Navasni o'z tarkibiga jalb qilish istagida.

Angliya klublari PSJ darvozabonini sotib olish haqida o'ylamoqda. Klub bilan shartnomasining tugashiga bir yarim yil qolganiga qaramay, 36 yoshli posbon joriy mavsum parijliklar safida atigi bir marta Franciya Kubogi doirasidagi uchrashuvda maydonga tushirildi. "Real"ning sobiq darvozaboni "qirollik klubi" bilan 3 marta CHempionlar Ligasida zafar quchgan bo'lsa-da, PSJda italiyalik Janluiji Donnarummadan keyin ikkinchi raqamli darvozabon bo'lib qolmoqda.

Angliya chempionati klublari tajribali futbolchiga qiziqish bildirayotgani malum bo'lishidan avval Navasga sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu yaqinda borib qo'shilgan "Al Nassr" rasman taklif bilan chiqdi. Navasning 12 mln evrolik yillik maoshi Saudiya Arabistoni klubini cho'chitgani yo'q, biroq ular raqobat anchagina kuchli bo'lgan liga vakillaridan tushayotgan taklif oldida qiyinchilikka duch kelishi mumkin. 

"Nottingem Forest" darvozaboni Din Henderson ushbu mavsum ko'plab ajoyib individual mahoratini namoyish etdi. Biroq u "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan. Agar "qizil iblislar" bilan mavsum so'ngida qo'shimcha ijara bitimi kelishib olinmasa, "Forest" o'zining yulduz "qo'riqchisi"siz qolishi mumkin. Navasning olib kelinishi uning uchun munosib o'zgarish bo'lishi tayin. "Bornmut" ushbu mavsum deyarli bir xil darajadagi ikki darvozabonni ish bilan taminladi. Biroq jamoa so'nggi 10 o'yinda bor-yo'g'i 4 ochko jamg'ardi. Ushbu yomon seriyada "Bornmut" darvozabonlari 21 ta to'p o'tkazib yubordi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика