APL klublar o'rtasidagi JCH sababli yozgi transfer oynasini ikkiga ajratmoqchi
28 fev 16:39
Yangiliklar
APL klublar o'rtasidagi JCH sababli yozgi transfer oynasini ikkiga ajratmoqchi
Manba bergan xabarga ko'ra, Angliya Premer-ligasi klublar o'rtasidagi jahon chempionati munosabati bilan yozgi transfer oynasi vaqtiga o'zgartirishlar kiritishi mumkin.
Avvalroq FIFA xalqaro turnir ishtirokchilari uchun 1-10 iyun kunlari ochiq bo'lgan vaqtinchalik transfer oynasini joriy qilgandi.
O'tgan yili APLda yozgi oyna 14 iyundan 30 avgustgacha ochiq edi. Angliya chempionatining ko'plab klublari noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun ichki oyna odatdagidan ertaroq ochilishini xohlamoqda.
FIFA qoidalariga ko'ra, transfer oynasi uchun ruxsat etilgan maksimal vaqt 89 kun, yani Premer-liga yoz bo'yi transferlarga ruxsat bera olmaydi. Shuning uchun APL ko'rib chiqayotgan variantlardan biri – transfer oynasini iyun oyi boshida ochib, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin yopish va keyin shu oy oxirida qayta ochish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar