So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  2 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  3 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  51 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  6 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  4 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  13 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

Anxel Lopes: "Zo'r o'yin bo'ldi, biroq biz hech qanday ochko qo'lga kiritmadik" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Zo'r o'yin bo'ldi, biroq biz hech qanday ochko qo'lga kiritmadik"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun stadionda juda yoqimli atmosfera bo'ldi. Namanganga birinchi bor kelshim edi, ajoyib muhit va faol muxlislik uchun muxlislardan minnatdorman. 

O'yinga tanlagan uslubimizdan kelib chiqib hujum qilishda davom etdik. Hisob 0:0, 1:0, xatto 2:0 vaqtida ham hujumkorlikni to'xtatmadik. Bugun mezbonlar safida kuchli ijrochilar bor edi, ular mahorat evaziga darvozamizni ishg'ol etishdi. Ammo, bugun jamoam ko'rsatgan o'yindan mamnunman. Bugun yigitlar oxirigacha kurashishdi va bu borada o'z xarakterlarini ko'rsatib bera olishdi. Zo'r o'yin bo'ldi, biroq eng achinarlisi biz hech qanday ochko qo'lga kirita olmadik.

- Jamoa ko'rsatgan o'yinni kuzatib bordik, yomon emas. Biroq vaziyatlarni yakunlashda to'purar hujumchi etishmayotgandek. Buni qanday izoxlaysiz?

- Men bunday demagan bo'lardim. CHunki bugun biz 4-4-2 taktik sxema asosida harakatlandik. Yuqorida aytdim, bugun "Navbahor" safida kuchli futbolchilar harakat qilishdi. SHundan kelib hujumlar tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keldik. SHu bois ham o'yin fonida bizga hujumchi etishmayotgandek ko'ringan bo'lishi mumkin.

- SHuningdek, bugun jamoangizda etakchi futbolchi yo'qligi ko'zga tashlandi...

- Yo'q, bu fikringizga qo'shilmayman. Kuzatgan bo'lsangiz, bugun Bobur Akbarov juda yaxshi harakat qildi, ko'plab yakkakurashlarda g'olib chiqdi. Bizda etakchi futbolchilar borasida muammo yo'q.

- Evropalik mutaxassis sifatida "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- "Navbahor" juda kuchli jamoa. Tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar jam bo'lgan. Ko'rgan bo'lsangiz, bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Lekin mezbonlar kichik imkoniyatlarni ham golga aylantira olishdi. Ayniqsa, 10-raqamli futbolchi menda juda yaxshi taasurot qoldirdi. SHunday davom etsa, albatta chempion bo'lishi ham mumkin.

- Surxandaryodan ko'plab nomdor futbolchilar etishib chiqqan, masalan Eldor SHomurodov. Siz jamoa hozirgi kunda yoshlarga qanday etibor qaratayapsiz va qaysi nomlarni keltira olasiz?

- Surxandaryo futbolida bir qator mahoratli yoshlar bor. Yaqinda Termizga borib futbol maktabi bilan yaqindan tanishdim. Yosh futbolchilar orasida iqtidorli futbolchilar ko'p. SHuningdek, "Surxon"ning o'zida ham bir qator kelajagi porloq yosh futbolchilar etishib chiqayapti. Jumladan Davron Merganov, Behruz SHaydulov va Nuriddin Hasanovlarni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика