So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Anxel Di Mariya: "Messi allaqachon eng buyuk futbolchi ekanligini isbotlashga ulgurdi" Yangiliklar

Anxel Di Mariya: "Messi allaqachon eng buyuk futbolchi ekanligini isbotlashga ulgurdi"

Bugun etiboringizga Argentina terma jamoasi va PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya bilan suhbatni havola etamiz.

• Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Qatardagi JCH-2022ni ihcham o'tkazish fikrini qo'llab-quvvatlamokda.

• Futbolchi 1995 yil aynan Qatarda o'tgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida Argentina yoshlari qo'lga kiritgan g'alabani jamoadoshlari bilan birga takrorlashga umid qilmoqda.

• PSJ yulduzi Lionel Messining o'yinidan hayratga tushmoqda


Argentina terma jamoasi yulduzi Anxel Di Mariya FIFA JCH-2022 nafaqat Qatar, balki butun arab dunyosi rivojlanishiga katta tasir ko'rsatadi deb hisoblamoqda.

Qatarda PSJning qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari bo'lib o'tgan payti Anxel Di Mariya www.sc.qa portaliga bergan intervyusida ishonch bilan turnir mintaqa uchun foydali ekanini takidlab o'tdi.

“Bu juda muhim Jahon chempionati bo'ladi, — deydi Di Mariya. — Stadionlar ham juda ajoyib. Bu turnir arab dunyosining rivojiga katta hissa qo'shishiga ishonaman. Dohaga borganimda, jamoani ham, meni ham juda yaxshi kutib olishgan”.

Milliy terma jamoa uchun 92 o'yinda maydonga tushib ulgurgan Di Mariya, agar mundial Qatarda bo'lib o'tsa, muxlislar bir kunning o'zida bir necha o'yinni ko'rishlari mumkinligini ham takidlab o'tdi.

“Men katta mamlakatlarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatlarida o'ynaganman. Ammo, buning o'ziga yarasha bazi noqulay taraflari bor. Masalan, jamoa bir shaharda bo'lib o'tgan bahsdan so'ng, uzoq vaqt davomida ikkinchi uchrashuv uchun boshqa shaharga borishi kerak bo'lgan. Bu esa oson emas. Ihcham turnir — bu juda muhim, o'yinchilar bunda o'zini juda erkin his qilishlari mumkin", — deydi Anxel Di Mariya.


Messi uchun sovg'a

Argentina Qatarda bir marotaba muvaffaqiyatga erishgan: 1995 yil, yoshlar terma jamoasi mundialda zafar quchgan edi. “Biz 1995 yildagidek yana yaxshi natija ko'rsata olamiz, — deydi u. — Biz buni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Agar Rossiyadagi turnirda g'olib bo'lsak, umid qilamanki, demak Qatarda ham muvaffaqiyat qozona olamiz”.

Argentinaliklar bu yil yozda 1986 yildan beri ilk bor, chinakamiga, Jahon futbolidagi eng nufuzli sovrinni qo'lga kiritishlariga 29 yoshli Di Mariya ishonmoqda. Braziliyada bo'lib o'tgan turnirda esa ularni g'alabaga bir qadam qolganda to'xtatib qolishgan edi.

“Argentina — doim favoritlar qatorida bo'lgan. CHunki, birinchi navbatda, bizda Lionel Messi bor. Masalan, Ispaniya, Franciya jamoalari ham o'zlarini eng yuqori darajada namoyon eta oladilar. Lekin Argentina baribir eng yaxshilaridan biri!

Hozirgi holatni saqlab qolish uchun o'z ustimizda tinimsiz ravishda ishlashimiz kerak. Jahon CHempionatining final qismi saralash boshqichlaridan tubdan farq qiladi. Mag'lub bo'ldingmi — demak uyga qaytishinga to'g'ri keladi!”

Ammo, Messi bilan bir jamoada bo'lish, eng yuqori cho'qqiga chiqa olishga o'zingizni ishontira olish demakdir. Ishontira oldingizmi, unda buning uddasidan ham chiqdim deyavering.

“Messi eng buyuk futbolchi ekanini namoyon qilishga ulgurgan, deydi “Real” va “Manchester Yunayted” klublari sobiq futbolchisi. Mundialda g'olib chiqsak, bu narsa gapimga yana bir isbot bo'la oladi. Ammo, busiz ham u eng yaxshi o'yinchi. Messi Jahon Kubogida zafar quchishni ham uddalaydi degan umiddaman.
Messi faoliyati davomida deyarli barchasiga erishib bo'ldi. Unga faqatgina Jahon toji kerak holos.

Albatta, argentinalik va uning hamkasbi sifatida u Rossiyada g'olib bo'lishini juda ham xohlayman".


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика