So’nggi yangiliklar

01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  17 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0

Anvar Soliev: “Butsani mixga ilish vaqti keldi” Yangiliklar

Anvar Soliev: “Butsani mixga ilish vaqti keldi”

Poytaxtimizda OFKning futbol murabbiylari uchun tashkil etilgan o'quv kurslari “S” licenziyasi uchun o'tkazilib, unda hali maydondagi professional faoliyatini davom ettirayotgan bir necha nafar futbolchilar ham ishtirok etishdi.

Ular orasida Anvar Soliev, Baxtiyor Qambaraliev, Botir Qoraev, Asror Aliqulov kabi ko'zga ko'ringan futbolchilar ham bor edi. “S” guvohnomasi murabbiylikdagi ilk pog'ona bo'lib, uni qo'lga kiritmay turib, “B”, “A” va keyinchalik PRO licenziyalariga o'qib bo'lmaydi. O'quv kurslariga odatdagidek OFK instruktori Islom Ahmedov rahbarlik qildi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borildi. Bo'lajak murabbiylar ham nazariy, ham amaliy mashg'ulotlarda qatnashishdi. Biz ushbu o'quv kursining so'nggi kuni ishtirokchilardan intervyu oldik. Dastlab, “Paxtakor” hujumchisi, o'ziga xos rekordlar sohibi Anvar Solievning fikrlari bilan qiziqdik.


- Anvar aka, o'quv kurslari qanday o'tdi? O'quv jarayoni maqul keldimi?
- Albatta, o'quv kurslari nafaqat menga, balki boshqa ishtirokchilarga ham birdek maqul keldi. Juda ham qiziqarli jarayon ekan. Nazariy darslarda olgan saboqlarimizni amaliy mashg'ulotlarda yanada mustahkamladik. O'quv-mashg'ulot jarayoni yangicha uslubda tashkil etildi. O'yin epizodlarini tahlil qildik. Endi bu murabbiylikning ilk pog'onasi bo'lgani uchun yo'riqchilarga savollarimiz ko'p bo'ldi. Mana sekin-asta murabbiylik faoliyatimiz ham boshlanyapti. Yillar juda tez o'tib ketdi. Kuni kecha futboldagi ilk qadamlarimiz qo'yilgandi. Mana bugun faoliyatni yakunlash arafasida turibmiz.

- Murabbiylik kasbi qiyin ekanmi?
- Har holda men o'ylaganchalik oson emas ekan. Maydondagi futbolchilarga, qolaversa, natijaga javobgar shaxs bo'lasiz. Faoliyatim davomida ko'plab tajribali murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Ulardan o'zim uchun ko'p narsa olganman. O'ylaymanki, bir kun kelib murabbiylik faoliyatim boshlanganida bu o'rganganlarim as qotadi.


- Futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapsiz?
- Bilasizmi, uch yildan beri shu haqida o'ylayman. Lekin har safar chempionat boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida klublar takliflar bo'ladi. Futbolni azbaroyi yaxshi ko'rganimdan futbolchilik faoliyatimni yakunlashga botina olmayman.

- Yangi mavsumda ham shunday bo'ladimi?
- Yo'q, menimcha bunday bo'lmasa kerak (kuladi).

- Balki, bu yil “Paxtakor” bilan yana bir bor chempionlik shoxsupasiga ko'tarilib, keyin faoliyatingizni yakunlarsiz?
- O'zim ham shu haqida o'ylab turibman. Katta ehtimol bilan, bu yil professional futbolchilik faoliyatimdagi so'nggi mavsum bo'ladi. CHempionat yakunlanishi bilan butsalarimni mixga ilaman. Lekin faxriylar uchun futbol o'ynashda davom etaman.


- CHempionlik uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin “Lokomotiv”ni ancha yaqinlashtirib oldinglar.
- Futbol shunisi bilan ham qiziq. Oldinda bizni juda ham qiziqarli o'yinlar kutib turibdi. “Nasaf”ga qarshi o'tkaziladigan o'yin ko'p narsani hal qiladi. Keyin autsayderlar bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvlar ham oson kechmaydi. Oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalardan har qanday “syurpriz”ni kutish mumkin. SHunday bo'lsada, chempionlik masalasi o'z qo'limizda. Qolgan o'yinlarga bor kuchimizni sarflab, yakunda chempionlik unvonini o'zimizda saqlab qolish uchun astoydil harakat qilamiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика