So’nggi yangiliklar

16:00Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   1 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  3 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  1 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  7

Anvar Berdiev: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik kamchiligi qon bilan kirib, jon bilan chiqar ekan" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Vaziyatlardan foydalana olmaslik kamchiligi qon bilan kirib, jon bilan chiqar ekan"

Pro liga 25-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" "Mashal" uchravidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Derbiga yarasha o'yin bo'ldi. Teng kurashlar ostida o'tdi. Bizda imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. "Mashal" bitta standard vaziyatdan foydalanib ketdi. Ularni Superligaga yo'l olganlari bilan tabriklayman. Bizda ham imkoniyat bor. Harakat qilamiz.

- Bugungi o'yin taktikasi haqida so'ramoqchi edim. Qanday bo'lishi kerak ediyu, amalda qanday bo'ldi?

- Bizda imkoniyat ko'proq bo'ldi. Futbolda gol urmasangiz, g'alaba qozonish qiyin. Birinchi bo'limda yaqqol vaziyatdan o'yinchilarimiz foydalana olishmadi. Mashg'ulot jarayonida buni tushuntiraverib charchadim to'g'risi. Mashg'ulotlarda ham shunaqa holatlardan foydalana olmaydigan holatlari bo'lib turadi. Bu narsa futbolchiga qon bilan kirib jon bilan chiqar ekan. Buni o'zgartirish juda qiyin ekan. "Mashal" bizdan kuchli o'ynagani yo'q deb o'ylayman. 

- Gol urilgan vaziyat haqida so'ramoqchi edim. Adashmasam himoyachilar o'sha vaziyatda suniy ofsaydni yuzaga keltirishga harakat qilishgandi...

- U vaziyatni tahlil qilamiz. O'sha holatda darvozabonimiz bilan markaziy himoyachimiz yo'q joydan xato qilishdi. Buni oxirigacha tahlil qilish kerak. Kimnidir aybdor qilish kerak emas. Mag'lub bo'ldik, bunda hammani aybi bor. 

- Nuriddin Hasanovning qizil kartochkasi fikringiz qanday?

- U bilan o'yindan keyin gaplashmas, men hech narsa demadim deb aytdi. Futbolchi o'zini bunday tutishi kerak emas. Hakam hech qachon o'z qarorini o'zgartirmaydi. Aksincha hakamga maydonga to'g'ri o'ynab yordam berish kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика