So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Anvar Berdiev: "Jasur O'rinov uchun xursandman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Jasur O'rinov uchun xursandman"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Turon" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Qiyin uchrashuv o'tkazdik. "SHo'rtan" bilan bu yildagi uchinchi to'qnashuvimiz hisoblanadi. Ular jamoa sifatida yaxshi shakllanib ulgurgan. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman. Futbolchilarim oxirigacha g'alaba uchun kurashdi. Buning samarasini ko'rdik", - deydi murabbiy. 

- Jamoa "Xorazm" bilan safarda suniy maydonda o'ynadi. Yigitlar qiynalganini ko'rdik. Keyingi turni yana shunday maydonda "Aral Samali"ga qarshi o'tkazasizlar. Futbolchilarni tayyorlash qiyin bo'lmayaptimi?

- Bahona bo'lib qolmasin, suniy maydonda futbol o'ynash juda qiyin. CHunki o'zimiz futbol o'ynagan paytlarimizda murabbiylarimiz suniy maydonga olib chiqmas edi. Faqat qishda noqulay havoda shug'ullanganmiz. "Xorazm"ga, "Aral Samali"ga tezroq tabiiy maydonga ega bo'lishini tilab qolaman. O'yindan bir kun oldin boramiz. Ochig'i futbolchilarimni bir necha kun suniy maydonda shug'ullantirib qiyin ahvolga solib qo'ymoqchi emasman. Jarohat olish ehtimoli yuqori bo'ladi bunda. 

- Jasur O'rinovni himoyada o'ynatish rejalashtirilganmidi?

- Bizda 3ta himoyachi o'ynayotgandi. Uni himoyani oldiga qo'ydim. Standart vaziyatlarda bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Jasur O'rinov uchun xursandman. 

- Doniyor Ismoilovning qaytishi haqida...

- Tezda qo'shilib ketish qiyin baribir. Uning qaytganidan mamnunman. Safimizga qaytish albatta foydali. 

- Abdug'ani Kamolov va Sardor Abdunabiev jarohatdan qutulib qachon qaytadi?

- Sardor Abdunabiev alohida tartibda mashg'ulotlarga kirishdi. Abdug'ani Kamolov kuni kecha jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Bu futbolchilar ikkinchi davraga to'liq tayyor bo'ladi. 

Aziz Ibragimovning tajribasiga suyanib maydonga tushirdik. Qo'lidan kelgancha harakat qildi. Har qanday holatda o'yinni kuchaytiradi.  G'alaba bo'lganidan keyin barchasi to'g'ri deyiladi. Azizning o'rniga tushgan Jasur O'rinov g'alaba golini urdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика