So’nggi yangiliklar

14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  0 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  5 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  1 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  9 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  8 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  5 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  10 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  27 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  3 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4

Anvar Berdiev: "Himoyachilarimiz o'z vazifasiga nisbatan loqaydlik qilishdi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Himoyachilarimiz o'z vazifasiga nisbatan loqaydlik qilishdi"

Pro liga 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "SHo'rtan" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yindan avval "Buxoro" standart vaziyatlardan foydalanishga intilishini uqtirgandik. Afsuski, himoyachilarimiz o'z vazifasiga nisbatan loqaydlik qilishdi. "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuvni tahlil qilib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. 

- Jamoa o'tgan tur peshqadam "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi, kubokda ham yomon ishtirok etmadi. Lekin barqarorlik etishmayapti. Buning uchun nima ustida ishlash kerak?

- Bu, avvalo, futbolchining o'ziga bog'liq. Futbolda har bir detalga etibor berishmiz lozim. Buni o'yinchilarga uqtirib kelyapmiz. Yigitlar G'uzorda yaxshi tayyorgarlikda maydonga chiqishyapti, safarda esa o'zlarini yo'qotib qo'yishyapti. Buni muhokama qilamiz. Kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. 

- Ko'zlangan natijaga erisholmasligiga tarkibda raqobat yo'qligi yoki mavjud o'yinchilardan foydalana olinmayotgani sabab bo'lishi mumkin. "SHo'rtan"da qay bir jarayon sodir bo'lmoqda?

- Jamoada raqobat yaxshi. G'alaba bo'laversa, yigitlarda o'ziga bo'lgan ishonch ortadi. Mutanosiblik bo'lmaganida, bu natijaga ham tasir o'tkazadi. Faqatgina mashg'ulot orqali kamchiliklarni bartaraf etish mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика