So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  0 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Antoni: "Tomoshabinlar o'rinlaridan turib olishganini ko'rganimda etim jimirlab ketdi" Yangiliklar

Antoni: "Tomoshabinlar o'rinlaridan turib olishganini ko'rganimda etim jimirlab ketdi"

"Manchester Yunayted" vingeri Antoni bolaligi, akasi va "Arsenal"ga urgan goli haqida gapirdi.

"Men favelalik oddiy bola edim. Futbol o'ynash uchun oyoq kiyimim yo'q edi. O'z xonam bo'lmagani uchun divanda uxlardim. Giyohvand sotuvchilaridan bir necha metr narida joylashgan favela yaqinida yashardim.

Doim futbolni sevganman. Akam menga dribling qilishni o'rgatgan. U hozir ham yonimda va menga yordam berib keladi. Hamisha futbolchi bo'lishni xohlaganman, boshqa rejalarim bo'lmagan.

Men Evropaga pandemiya o'rtasida yolg'iz keldim. O'g'limdan uzoqda bo'lish qiyinchilik tug'dirdi. Uning birinchi qadamlarini o'tkazib yubordim. Bu qurbonlikdan afsuslanmayman, chunki men uni yaxshi kelajak bilan taminlashim lozim edi, u men bilan faxrlanib yurishini istardim.

Bu erga kelib, MYU libosini tezroq kiyishni o'ylab qattiq hayajonlandim. Klubga ishonch uchun minnatdorman. Bu erda ekanligimdan baxtiyorman", – dedi braziliyalik futbolchi.

— "Arsenal"ga qarshi o'yinda urgan goli haqida:

— To'r harakatga kelganini va tomoshabinlar o'rinlaridan turib olishganini ko'rganimda etim jimirlab ketdi. Bu golimni oilam va muxlislarimga bag'ishladim". 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика