Antoni Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan suratga tushdi
11 sen 2022 23:02
Yangiliklar
Antoni Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan suratga tushdi
"Manchester Yunayted"ning yangi azosi Antoni joriy hafta klub akademiyasiga tashrif buyurdi va Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan suratga tushdi.
22 yoshli vinger o'tgan hafta "Ayaks"dan 85,5 million funt evaziga "qizil iblislar" safiga qo'shildi.
Futbolchi "Arsenal"ga qarshi debyutidayoq (3:1) gol urib, muxlislar orasida iliq taassurot qoldirdi.
Antoni ushbu hafta boshida klubning Karringtondagi mashg'ulot maydoniga tashrif buyurib, jamoa akademiyasidagi yoshlarning mashg'ulotini tomosha qildi hamda Krishtianu Ronalduning o'g'li bilan uchrashdi va undan tashqari yana ikki yigitcha bilan birgalikda suratga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar