Anri Bundesligada ish boshlashi mumkin
24 apr 21:17
Yangiliklar


Anri Bundesligada ish boshlashi mumkin
"Le Journal du Dimanche" nashrining xabar berishicha, "Leypcig" 47 yoshli mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Klub hujumkor va tomoshabop futbol o'ynata oladigan, yosh istedodlarga ishonch bildiradigan va "Red Bull" tizimi bilan ilgari aloqasi bo'lgan murabbiyni izlamoqda. Anri 2010 yildan 2014 yilgacha "Nyu-York Red Bulls" jamoasida o'ynagan.
Francuz murabbiy "Red Bull" rahbari Oliver Minclaff bilan juda yaxshi munosabatlarga ega. Shuningdek, "Red Bull" futbol bo'limi rahbari Yurgen Klopp Anrining tayinlanishini qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Tomonlar yaqin kunlarda uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda. Murabbiyning nemis tilida gaplasha olmasligi "Red Bull" rahbariyati uchun to'siq bo'lmaydi.
"Leypcig" shuningdek, boshqa nomzodlar — Oliver Glasner ("Kristal Pelas") va Francesk Fabregas ("Komo") nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
Jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Marko Roze mart oyining oxirida istefoga chiqarilgan edi. Hozircha jamoani vaqtincha Jolt Lev boshqaryapti. Anrining so'nggi ishl joyi Franyiya olimpiya terma jamoasi bo'lib, u terma bilan 2024 yilgi Olimpiadada ikkinchi o'rinni egallagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar