Anri APLning eng yaxshi himoyachisi kimligini aytdi
07 dek 2023 10:32
Yangiliklar
"Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anri "kanonirlar" vakili Uilyam Salibani APLning eng yaxshi himoyachisi deb atadi.

"Menimcha, u hozir eng yaxshisi. U yakkama-yakka holatda yaxshi himoyalanadi, orqasidagi bo'sh joyni qoplaydi – barchasini eng yuqori darajada bajaradi. Uilyam "Marsel"da ijara asosida o'ynayotganida men Franciyada ishlayotgandim, o'shanda "Arsenal" uni o'zida saqlab qolmaganidan hayron bo'lgandim.
O'sha paytda u allaqachon "Arsenal"ning eng yaxshi himoyachisi edi. U qaytib keldi va bu xato ekanligini hammaga ko'rsatdi. Endi u liganing eng yaxshi himoyachisi", – dedi franciyalik ekspert.
22 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar