So’nggi yangiliklar

13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  0 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  3 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  14

Angliyada bugun super o'yin o'tkaziladi Yangiliklar

Angliyada bugun super o'yin o'tkaziladi

Angliyada Liga kubogining 3-bosqich bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kecha nimchorak finalning 10ta ishtirokchisi nomini bilib olgan edik. Bugun esa yana 5ta juftlik 1/16 final uchun kurash olib boradi. Keyingi bosqichning so'nggi vakilini 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Everton" - "Sautgempton" uchrashuvidan so'ng bilib olamiz.

Angliya Liga kubogi. Mourino shogirdiga mag'lub bo'ldi

Angliya Liga kubogi. “Man Siti”, “Fulxem” va “Bornmut” keyingi bosqichga yo'l olishdi

Kecha Angliya Liga kubogining bu yilgi bahslari haqida qisqacha malumot berib o'tgan edik.

Bugun APL vakillaridan "Arsenal", "Vest Xem", "Tottenxem", "Uotford" kabi jamoalar o'yinlarda qatnashishadi. Bundan tashqari, muxlislar "Liverpul" va "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi super o'yinga guvoh bo'lishlari mumkin.

Mavsumni ketma-ket g'alabalar bilan boshlagan Yurgen Klopp shogirdlari faqatgina o'tgan turda ochko yo'qotgan Mauricio Sarri jamoasiga qarshi "Enfild"da maydonga tushishadi.



"Liverpul" mavsumni barcha musobaqalardagi 7ta g'alaba bilan boshladi. Jamoa juda yaxshi formada. Lekin, bugun katta ehtimol bilan har ikkala mutaxassis ham rotaciyaga qo'l uradi. Tarkiblarda o'zgarishlar etarlicha bo'ladi. "Qizillar"ni qiyin grafik kutib turibdi. Oxirgi ikki bahsda PSJ (3:2) va "Sautgempton" (3:0) bilan o'ynagan mersisaydliklar bugun "CHelsi" bilan, keyin shanba kuni APL 7-turi doirasida yana bir bor "CHelsi"ga qarshi, bu safar mehmonda to'p tepadilar. Undan keyin esa ECHL doirasida Neapolda "Napoli" mehmoni bo'lishadi. Xullas, Klopp va uning jamoasini oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi.

"CHelsi" hujumkor o'yini bilan ketma-ket chiroyli g'alabalarni qo'lga kiritib kelayotgan edi. Lekin, oxirgi ikki o'yinda jamoa gol urishga qiynaldi. Evropa ligasida Greciyaning PAOK klubini bor yo'g'i 1:0 hisobida taslim etildi. APL 6-turida esa "Vest Xem" bilan nursiz durang (0:0) qayd etildi. Sarri 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanadi va uning jamoasi doimo raqibga bosim uyushtiradi. Aytgancha, Kloppning "Liverpul"i ham aynan shu sxemada harakat qiladi. Italiyalik murabbiy asosiy futbolchilar bilan o'yinni yaxshi quradi. Ammo, rotaciyalarga qo'l urganda bu qanchalik o'zini oqlaydi, buni bugun bilib olamiz.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida Sarrining yordamchisi Janfranko Zola Azar haqida shunday dedi: "Aftidan, Azar qanchalik ko'p o'ynasa, shunchalik kuchli bo'lib boraveradi".

Angliya Liga kubogi
"Carabao Cup"
, 3-bosqich
26 sentyabrdagi o'yinlar

23:45. "Arsenal" - "Brendford"
23:45. "Vest Xem" - "Makklfild Taun"
23:45. "Liverpul" - "CHelsi"
23:45. "Nottingem Forrest" - "Stok Siti"
00:00. "Tottenxem" - "Uotford"



"Liverpul" va "CHelsi" 4 kun ichida o'zaro ikki bor bellashadi. Birinchisi Liga kubogi doirasida, ikkinchisi esa APL 7-turida. Juda katta ehtimol bilan har ikkala jamoa murabbiylari bugun rotaciya qilishadi, shanba kuni esa eng mukammal tarkib maydonga tushadi.


Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Sport TV, Match TV, Futbol TV)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика