Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi "Seltik"ka o'tdi
09 fev 14:21
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi "Seltik"ka o'tdi
"Arsenal" va "Liverpul" sobiq o'yinchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen rasman Shotlandiyaning "Seltik" jamoasi futbolchisiga aylandi.
Angliyalik futbolchi Glazgo klubi bilan joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Oksleyd-Chemberlen Shotlandiyaga erkin agent maqomida ko'chib o'tdi. Tajribali yarim himoyachining oxirgi klubi Turkiyaning "Beshiktosh"i bo'lib, u 2025 yilning yozida mazkur jamoani tark etgan. U erda 50 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar