Angliya Liga kubogi. “Arsenal” qo'shimcha vaqtda g'alabani o'zi tomonga og'dirib oldi
25 okt 2017 02:46
Yangiliklar
Angliya Liga kubogi. “Arsenal” qo'shimcha vaqtda g'alabani o'zi tomonga og'dirib oldi
“Norvich”ga qarshi kechgan bahsda Arsen Venger shogirdlari iroda kuchini namoyish etishdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida mehmonlar Josh Myorfining golidan keyin oldingi chiqib olishdi. “Kanonirlar” bahs yakunlanishiga besh daqiqa qolganida 18 yoshli Edvard Nketianing aniq zarbasidan keyin muvozanatni tiklashdi. Liga kubogi reglamentiga muvofiq, g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha bo'limlar o'ynaladigan bo'ldi. 96-daqiqaa yana o'sha Nketia gol kiritib, “dubl”ga erishdi va “Arsenal”ni keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etdi.
Angliya liga kubogi.
4-bosqich.
Arsenal – Norvich 2:1 (0:1, 1:0, 1:0)
Gollar: 0:1 – 34 Merfi, 1:1 – 85 Nketia, 2:1 – 96 Nketia.
Arsenal – Meysi, El-Nenni, Xolding, Debyushi, Meytlend-Naylz (Akpom, 70), Uilsher (Uillok, 114), Ivobi (Dasilva, 105), Koklen, Uolkott, Jiru, Nelson (Nketia, 85).
Norvich –Gann, Cimmermann, Pintu, Xazbend, Kloze, Vranchich (Vildsxut, 90), Tribull, Rid (Djerom, 101), Meddison (Xulaxan, 90), Merfi (SHtipermann, 73), Oliveyra.
Ogohlantirish: El-Nenni (56), Koklen (68), Uilsher (78), Akpom (88), Tribull (89), Xazbend (90).
Fikrlar