So’nggi yangiliklar

18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  12 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  7 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  11 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  16 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  22 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  7 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6

Angliya Kubogi. "Manchester Yunayted" kichik hisobda "Uotford"ni yutdi va navbatdagi bosqichga chiqdi Yangiliklar

Angliya Kubogi. "Manchester Yunayted" kichik hisobda "Uotford"ni yutdi va navbatdagi bosqichga chiqdi

Angliya Kubogining 3-bosqichidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Uotford" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Uotford 1:0

Gol: Maktomini (5, 1:0).

Manchester Yunayted – Xenderson, Tuanzebe, Bayi (Maguayr, 45+5), Telles, Uilyams, van de Bek, Maktomini, Jeyms (Reshford, 68), Mata, Lingard (Matich, 80), Grinvud (Marsyal, 69).

Uotford – Baxmann, Trost-Ekong (Uilmot, 76), Serralta, Mazina (Ngakia, 58), Navarro, Xyuz, CHaloba, Sinkernagel (Xungbo, 76), Sarr (Sema, 58), Joao Pedro, Grey.

Ogohlantirish: Sarr (38), Tuanzebe (65), Telles (72).

Manchester United

Scott McTominay - 5'

FA Cup . 3-tur

10/01/2021, 01:00

0
:
1
Tugadi

Watford

Stadion: Old Trafford

45'
90'
5'  Scott McTominay
5'  Alex Telles
45'  Eric Bailly (Harry Maguire)
65'  Axel Tuanzebe
68'  Daniel James (Marcus Rashford)
69'  Mason Greenwood (Anthony Martial)
72'  Alex Telles
80'  Jesse Lingard (Nemanja Matic)
38'  Ismaila Sarr
58'  Adam Masina (Jeremy Ngakia)
58'  Ismaila Sarr (Ken Sema)
76'  William Troost-Ekong (Ben Wilmot)
76'  Philip Zinckernagel (Joseph Hungbo)
84'  Nathaniel Chalobah (Daniel Phillips)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" keyingi bosqichda!

90+3. MYUda juda qulay nuqtadan jarima zarbasi tepish imkoniyati bor edi. Mataning zarbasi noaniq ketdi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Matich o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi. Fol va hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat.

81. ZARBAAAAAA!!! Reshford bir yo'la ikki raqibini aldab o'tib, raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi. Zarbani Baxmann ushlab oldi.

80. UXXXXXX!!! Tellesning jarimadan oshirgan to'piga Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq!

75. Temp pasaymagan, biroq vaziyatlar yo'q.

71. Maktomini raqib hujumini bartaraf etdi va to'pni burchakka chiqarib yubordi.

68. MYU tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish. Sulsher ko'proq gol urishni istab, Reshford hamda Marsyalni o'yinga tashladi.

62. Haqiqatdan ham Maguayr MYU himoyasining ustuni ekan. U bir vaziyatda ikki marta raqib hujumini qaytara oldi.

60. UXXXX!! MYUdan aqlli burchak zarbasi. Mataning pasini Grinvud darvoza tomon yo'lladi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

56. Greyning boshi bilan yo'llagan zarbasini Xenderson ushlab oldi.

54. Umuman olganda o'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Vaziyatlar juda kam. 

49. ZARBAAAAA!! Jeymsning zarbasini Baxmann ushlab oldi.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Taym yakunlandi.

45+5. Jarohatlangan Erik Bayi o'rniga Xarri Maguayr maydonga tushdi.

45+3. Ancha vaqtdan buyon Erik Bayiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. MATAAAAAAAA!! UXXXXXX!! Avvaliga Grinvud, keyinchalik van de Bek to'pni "pyatka"sida pas berib, Mataga o'tkazib berdi. Xuan vaziyatdan foydalana olmadi.

41. XAVFLI VAZIYAT!  Grinvudning kuchli zarbasini Baxmann ushlab oldi.

37. Kichik tashabbus mehmonlar tomonida.

32. UXXXXXX!! CHaloba MYUning pala-partish himoyalanayotganidan foydalana olmadi. 

28. UXXXXX!! Xenderson yana bir bor to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Grey bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

23. XAVFLI VAZIYAT! Qanotdan havolatib oshirilgan to'pga Grey boshi bilan muvaffaqiyatsiz zarba yo'lladi.

20. ZARBAAAAAAA!!! Tellesning yana bir burchakdan oshirgan to'pi xavfli ko'rinish oldi. Bayining boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

16. ZARBAAAAAAA!!! Jarimadan oshirilgan to'pga CHaloba zarba berdi. To'p Xendersondan o'tib ketgandi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni Tuanzebe chiziq ustidan qaytardi!

14. "Yunayted" katta ustunlikka ega. Ammo vaziyatlar yaratish qiyin bo'lyapti.

11. Sarr katta tezlikda MYU jarima maydonchasi tomon yugurdi. Telles vaziyatni bartaraf etdi.

5. GOOOOOOOOOOLLL!! Maktomini burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi!

3. O'yinni mankunianliklar yuqori tempda boshladi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiborinizni "Old Trafford"ga qaratamiz. "Orzular teatri"da "Manchester Yunayted" Angliya Kubogida "Uotford"ga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика