Angliya kubogi. “Liverpul” va “MYU” o'z o'yida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
06 jan 2018 02:54
Yangiliklar
Angliya kubogi. “Liverpul” va “MYU” o'z o'yida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi
Hamshaharlari “Everton” bilan kuch sinashgan Klopp shogirllari Milnerning golidan keyin hisobda oldinga chiqib olishsada, 67-daqiqada Sigurdson muvozanatni tikladi. O'yin tugashiga olti daqiqa qolganida “qizillar”ning yangi xaridi – himoyachi van Deyk debyut o'yinidayoq jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi – 2:1.
“MYU” futbolchilari esa ikkinchi bo'lim oxirlarida ketma-ket ikkita gol kiritib “Derbi Kaunti”ni mag'lub etishdi. Dastlab Lukakuning aniq to'p uzatishidan keyin Lingard hisobni ochgan bo'lsa, keyin belgiyalik hujumchining o'zi hisobiga gol yozib qo'yishga erishdi.
SHu tariqa Angliyaning ikki grand jamoasi turnirda o'zi yurishini 1/16 final bosqichida davom ettiradigan bo'ldi.
Angliya kubogi.
3- raund
Liverpul – Everton 2:1
Gollar:1:0 – 35, penalti Milner, 1:1 – 67 Sigurdsson, 2:1 – 84 van Deyk.
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Gomes (Solanke, 77), van Deyk, Oksleyd-CHemberlen, Djan, Mane, Lallana (Veynaldum, 70), Firmino, Milner (Aleksander-Arnold, 77).
Everton –Pikford, Xolgeyt, Martina, Kenni, Djagelka, Makkarti (Devis, 86), SHnayderlin, Sigurdsson, Bolazi, Kelvert-Lyuin (Nyasse, 82), Runi (Lukman, 52).
Ogohlatirish:Runi (7), Makkarti (60), Solanke (89).
Liverpool James Milner - 35', Virgil van Dijk - 84' |
FA Cup . 3-tur 05/01/2018, 23:55 1
:
2
Tugadi
|
Everton Gylfi Sigurdsson - 67' |
Stadion: Anfield, 52513 tomoshabin
Manchester Yunayted – Derbi Kaunti 2:0
Gollar:1:0 – 84 Lingard., 2:0 – 90 Lukaku
Manchester Yunayted – Romero, Smolling, SHou, Lindelef, Blind, Errera, Pogba, Lingard, Mata (Marsyal, 67), Mxitaryan (Lukaku, 46), Reshford (Fellayni, 80).
Derbi Kaunti –Karson, Kio, Olsson, Uizdom, Pirs, Lourens (Bennett, 81), Xaddlstoun, Vaymann, Torn, Rassell (Xenson, 78), Uinnall (Vydra, 67).
Manchester United Jesse Lingard - 84', Romelu Lukaku - 90' |
FA Cup . 3-tur 06/01/2018, 00:00 0
:
2
Tugadi
|
Derby County |
Stadion: Old Trafford, 73899 tomoshabin
Fikrlar