So’nggi yangiliklar

18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  9 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  3 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3

Andrey SHipilov: “SHahzod uchun xursandman” Yangiliklar

Andrey SHipilov: “SHahzod uchun xursandman”

“Metallurg” – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyin dastavval mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'yin haqidagi o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

-  Qiziqarli, murosasiz o'yinning shohidi bo'ldik. Har ikkala jamoa hujumkor futbol namoyish etishdi. SHogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim, etirozlarim yo'q. Ob-havoning keskin o'zgarishi tufayli maydonni o'yinga tayyorlash oson kechmadi. Uchrashuvgacha sifatli maydonni taqdim etganligi bois stadion ishchi va xodimlariga minnatdorlik bildiraman. Bugun shogirdlarim o'z vazifalariga sidqidildan, professional tarzda yondoshishdi. Bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi. Hujumda ham, himoyada ham tartibli o'ynadik. Uydagi o'yin uchun etarlicha gollik vaziyatlarni yaratdik. Bugun kombinacion va hujumkor futbol namoyish eta olganligimiz bosi maqsadga erishdik. Standartdan gol urdik. Ikki oydan buyon uyda g'alaba qozona olmayotgandik. SHahzod Ubaydullaev o'zini ko'rsatdi. Uning yana jismoniy holatini tiklab borayotganligidan xursandman. CHempionatda yana bitta uchrashuvimiz qoldi. Muborakda “Mashal”ga qarshi o'ynaymiz. Endi shu o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Yoshlar jamoangizning mamlakat birinchiligida g'olib chiqqanligi bilan tabriklaymiz. Asosiy tarkibning bu yilgi mavsumdagi ishtirokidan ko'nglingiz to'ldimi? O'zbekiston kubogida qanday natijalarni ko'zlayapsizlar?
- Tabrik uchun rahmat. Haqiqatan ham Bekobodda futbolni rivojlantirish uchun salmoqli ishlar olib borilayapti. Uch yil mobaynidagi mehnat va izlanishlar tufayli o'ziga xos jamoani shakllantira oldik. Asosiy tarkibimiz ketma-ket ikki mavsum beshinchi o'rinni qayd etdi. Yoshlarimiz ham kuchli oltitalikdan pastga tushishmadi. Bu yil esa ular muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishdi. Bu bizning to'g'ri yo'ldan ketayotganligimizni ko'rsatadi. Natijalar qilayotgan mehnatlarimizning samarasi deb bilaman. Asosiy tarkibning ayni paytda egallab turgan o'rnidan albatta qoniqmayapman. Biz sovrindorlar safiga kirmasakda, kuchli to'rttalik, beshtalikda bo'lishga loyiq edik. Ammo futbolda omad degan faktor ham bor. Ikkinchi davrada juda ko'plab uchrashuvlarda bu omil bizdan yuz o'girdi. Yutayotgan o'yinlarimizda ochko yo'qotdik. SHuning hisobiga o'rtamiyona jamoalar qatoriga tushib qoldik. Oldinda “Mashal”ga qarshi uchrashuv turibdi. Bor diqqat etiborimiz ushbu uchrashuvga qaratiladi. Undan keyin O'zbekiston kubogidagi ishtirokimiz haqida o'ylaymiz, - deydi Andrey Sergeevich.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика