So’nggi yangiliklar

13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  10 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  8 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  13 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  29 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7

Andrey SHipilov: "Futbolchilarga etirozim yo'q" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Futbolchilarga etirozim yo'q"

Coca Cola Superliga 24-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin yaxshi taassurot qoldirdi. Faqat vaziyatlardan foydalanishda oqsoqlandik. O'yinni borishini, to'pni nazorat qildik. Keyingi o'yinga tayyorlanishda davom etamiz",- deydi Andrey SHipilov.

- Aleksandr Lobanovning bugun zaxirada qoldirilishiga sabab nima? "Bunyodkor" bilan o'yinni yaxshi o'tkaza olmagani uchun bugun maydonga tushmadimi? 

- Uning o'yinidan qoniqyapmiz. Bizda rotatciya ketmoqda. Qo'l ostimizdagi boshqa futbolchilarni ham tekshirib olishni istadik. Aleksandr Lobanov hozirda chempionatimizning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Buni ko'pchilik ko'ra olmaydi, baholamaydi. Akmal Tursunboev yaxshi maktab ko'rgan. Bugun unga imkoniyat berdik. O'zini ko'rsata oldi, ishonchimizni oqladi. Yaxshi shakllangan jamoada bir nafar kiper bo'lmasligi kerak. Kamida uchta darvozabon bo'lishi lozim. Yoshlar terma jamoamizga nomzod Vladimir Vagin jarohat olgan. Hozirda tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Mavsum oxiri, barchaga o'yin amaliyoti beramiz. 

- Bugun tarkibda kimning o'yini maqul keldi?

- Barcha 11ta futbolchi yaxshi harakat qildi. Hech kimga etirozim yo'q. Gohida jamoa munosib o'yin ko'rsatadi lekin natija o'xshamaydi. Ayrim payt esa aksi kuzatiladi. Penalti borasida tanaffusda ko'rsatishdi. Penalti yo'q edi. Yana ko'rib chiqamiz. Ammo buni muhokama qilmoqchi emasman.



Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика