So’nggi yangiliklar

17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  0 17:35Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  2 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  1 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  1 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  9 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0

Andrey Kanchelskis: "Savol berishdan oldin mashg'ulotimizga kelib ko'ringlar. Istefo? Yashasak ko'raveramiz" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Savol berishdan oldin mashg'ulotimizga kelib ko'ringlar. Istefo? Yashasak ko'raveramiz"

Coca Cola Superliga 17-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis qatnashib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Jangovar o'yin bo'ldi. “Nasaf” – ajoyib jamoa. Turnir jadvalining yuqori qismidan joy olgani bejiz emas. Ularga keyingi o'yinlarda ham omad tilaymiz. Ularning besh o'yindan iborat g'alabali seriyasini to'xtatganimizning o'zi quvonarli. Yigitlarga borlarini berib o'ynashgani uchun rahmat. Hujumlarni yakunlashda oqsayapmiz. Vaholanki, mashg'ulotlar binoyidek o'tmoqda, zarbalar yo'llash bo'yicha ishlayapmiz. Ammo gol urolmayapmiz, bir safar darvozabon xalal bersa, keyingi safar boshqa narsa xalaqit qiladi. O'zingiz ko'rdingiz, yomon o'ynamadik, ayniqsa, ikkinchi bo'limda. Muxlislar kelib qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat. Bugun sardorimiz Azim Ahmedov etishmadi, albatta, u etakchimiz. Xurshid Muxtorovning o'ynamagani ham sezildi. Endi “Buxoro” bilan o'yinga tayyorlanamiz. Keyin terma jamoalar o'yini tufayli yuzaga keladigan tanaffusda muammoli tomonlarimiz bo'yicha ishlaymiz. Ayniqsa, hujumlarni yakunlash borasida. Pandemiyagacha hammasi yaxshi edi, aynan pandemiya hammani sindirdi, jumladan, meni ham.

Taktika bo'yicha savollar berishdan oldin mashg'ulotlarimizga kelib ko'ringlar, o'yinlarda 4-3-3 sxemasini tanlayapiz, bizda uch nafar hujumchi o'ynayapti. Istefo? Yashasak ko'raveramiz. Gol urolmayotganimizning o'ziga yarasha sabablari bor. Nima, men natija bo'lishini xohlamaymanmi? Pandemiyagacha hammasi joyida edi, 3-4-o'rinlarda yurgandik, o'shanda hech nima demagandinglar. Kasallikka chalinib chiqqanimizdan keyin gap-so'zlar ko'paydi. Jamoaga bosib uyushtirish emas, uni qo'llab-quvvatlash kerak. Xavotir olmang, natija bo'ladi. Men ham gol urishimizni xohlayman, lekin shu golni uradigan hujumchi etishmayapti. Ular gol urolmasa, o'zim maydonga tushib o'ynay olmayman-ku. Omad etishmayapti, mashg'ulotlar yaxshi o'tmoqda. Sizlarni ham to'g'ri tushunaman, tan olaman, natija yo'q, tortishmoqchi emasman. Lekin sizlar ham to'g'ri tushuninglar. Ana, CHempionlar Ligasida “Al-Hilol” musobaqani tark etdi, ular kasallik bilan kurashishmoqda. Biz ham 4-5 oy futboldan chetda yurdik, virus yuqtirib oldik. Bizning virus yuqtirimish eng noqulay vaqtga to'g'ri keldi, Toshkentdagi markazlashgan turlar paytida kasallandik. Keyin futbolchilarimizning ko'pi ruhan sinib qolishdi.

Bugungi durang meni qanoatlantirmaydi, shunchaki, yigitlarga borlarini berib o'ynashgani uchun rahmat aytyapman. Umuman, raqibimiz “Nasaf” yaxshi jamoa, turnir jadvalida yuqori o'rinlarda borayotgani bejiz emas.

Bizga vaqt beringlar, o'zimizga kelib olgunimizcha sabr qilinglar. Keyin esa CHempionlar Ligasi yo'llanmasi haqida gapiramiz. Buning uchun hamma narsa joyiga qo'yilishi kerak, klubdagi infratuzilma yaxshilanishi lozim, tashkilotchilik oliy darajada bo'lishi darkor. Savollar berishdan oldin vaziyat bilan yaxshilab tanishib chiqinglar. Moliyaviy masalada hozir gapirishning o'rnimas, chunki kuni kecha yig'ilish o'tkazib, bu borada kelishib olganmiz.

Mavsum boshida yig'ilgan tarkibdan mamnun ekanligimni aytgandim, hozir ham shunday. Lekin yozgi transferlar oynasida tarkibimizni kuchaytirishimiz mumkin edi. Uch futbolchini olishimiz kerakligini aytdim, ammo sotib olinmadi. Bu boradagi savolni menga emas, boshqalarga bering.

Endi nima qilish kerak? Ishlash, ishlash va yana ishlash kerak. Istefo haqidagi savollaringiz javobim o'sha-o'sha: yashasak, ko'raveramiz! Amalda shartnomam bor, buni sizlar bilan emas, rahbariyat bilan gaplashaman, - dedi Kanchelskis.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика