So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  15 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Andrey Kanchelskis: "Murabbiylar shtabi bilan vaziyatni o'rganib chiqamiz va bir qarorga kelamiz" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Murabbiylar shtabi bilan vaziyatni o'rganib chiqamiz va bir qarorga kelamiz"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor" (0:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis fikrlarini bildirib o'tdi.




"Ikki bo'lim ikki xil taassurot qoldirdi. Birinchi bo'limda biz ko'proq to'pni nazorat qildik. Havfli vaziyatlar sodir etdik. Bizning tomonda ham, raqib tomonida ham vaziyatlar etarlicha bo'ldi. Yigitlarning intilishi va kurashgani uchun rahmat aytaman. "Buxoro" ham so'nggi o'rinda ketayotganiga qaramasdan qo'lni tushurmayapti. Ular ham astoydil o'ynashmoqda. Ikkinchi bo'limda golli vaziyatlar yaratishdi. Menimcha, biz gol urishga yaqin keldik. Bo'sh darvozaga gol ura olmadik. Hujumni yakuni yo'q, demak ochko yo'q. To'p darvozaga kirishni istamadi. Natijadan qoniqish hosil qilmadim. Nima ham derdim, hayot davom etadi. Endi tanaffus, futbolchilar terma jamoaga yo'l olishadi. Fursatdan foydalanib ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklayman. Tanaffus bizga tiklanib olishimizga yordam beradi, ko'p futbolchilar koronavirus bilan kasallanib chiqqan. "Buxoro"ga ajoyib o'yin uchun rahmat aytaman. Raqib kurashmoqda, Superligada qolish uchun harakat qilyapti. Harakterga ega jamoa. Ikki ochko yo'qotganimiz alamli albatta. Ishlashda davom etamiz, terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchilarga omad tilayman. Turg'unboev o'zining yaxshi o'yinlari bilan terma jamoaga yordam berishiga tilakdoshman",- deydi Kanchelskis.

- "Navbahor" to'qqiz turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Qaerda xatoga yo'l qo'yildi?
- Muammoimiz gol ura olmayotganimizda. Mashg'ulotlarda hammasi yaxshi, o'yinga munosib tayyorgarlik ko'ryapmiz. Qaysidir manoda o'yinda fard ko'rinmayapti, boshqa tomondan omadimiz kelmayapti. Futbolda omad ham muhim ahamiyatga ega. Faqat futbolda emas boshqa sohalarda ham omad zarur. To'g'ri, gol ura olmayapmiz. Darvozamizdan gol ham o'tkazib yubormayapmiz. Futbolchilar ham g'alaba qozonishni istayapti. Lekin, nimadir etishmayapti. Yuqorida aytganimdek fard yo'q.

- Sizningcha bugun hakamlar o'yin davomida ko'p bor to'xtalishlarga qo'l urdimi?
- Hakamlar futbol o'ynashga qo'yib berishlarini so'rab qolardim. Lekin, men hakamlarni ishini ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman. Ularni nazorat qiladigan qo'mita bor. Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz va navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Qolgan muammolarni o'zimiz jamoa bilan hal qilamiz.

- "Navbahor" mavsum yakunida kuchli uchlikka kira oladimi?
- Biz uchun har bir tur final. Uchrashuvlarda vaziyatlardan foydalansak va omadimiz kelsa maqsadimizga erishamiz. "Andijon" bilan o'yinda urgan golimizni hisobga olishmadi. Bugun omadimiz kelganida bir ochko emas uch ochkoga ega chiqqan bo'lardik. Tanaffusda shu vaqtgacha nimalar bo'lganini va qanday ishlar qilinganini tahlil qilamiz. Pandemiyada tarkibimizni yarimidan ko'pi kasallandi. Pandemiyaga qadar qanday o'ynayotgan edik va hozir qanday o'ynayapmiz. Biz hali tiklanib ulgurmaganmiz. Bu narsalarni bahona qilmoqchi emasman. Maydonga chiqishimiz yutishimiz va ochkolarni ishlashimiz lozim. Murabbiylar shtabi bilan hotirjamlikda vaziyatni o'rganib chiqamiz va bir qarorga kelamiz.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика