So’nggi yangiliklar

13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  0 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  9 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  10 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7

Andrey Fyodorov: "Nesterovning qarorini hurmat qilamiz. Klublar hususiy bo'lishi yaxshi, ammo..." Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Nesterovning qarorini hurmat qilamiz. Klublar hususiy bo'lishi yaxshi, ammo..."

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan AGMK - "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida gapirish qiyin. Ikki xil taymning guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda futbolchilar murabbiylar yuklagan ko'rsatmalarni bajara olishdi. Ikkinchi bo'limda jarimadan urilgan gol esa barchasini o'zgartirib yubordi. Golda o'zimiz aybdormiz. SHuning ortidan tashabbus AGMK tomoniga o'tib ketdi. O'zgarishlar orqali o'yinni kuchaytirishni harakat qildik. Ammo o'zgarishlar yordam bermadi va aksincha yomon o'ynashni boshladik. Bizdagi eng katta muammo — tarkib. Afsuski kasallangan, jarohatlangan ko'p. SHuningdek, asosiy futbolchilarimiz ham jamoani tark etishdi. Iloji boricha tezroq qaytishga harakat qilamiz. Birinchi taym yomon o'ynamadik, ikkinchi taymda nima bo'lganini esa muhokama qilamiz.

- Ignatiy Nesterovning ketishi haqida gapirsangiz. Bu uning qarorimi yoki klubning? Uning ketishi jamoaga qanday tasir qildi?

- O'zining qarori. Umuman olganda futbolchining jamoasini o'zgartirish futboldagi oddiy holat. U “Lokomotiv” uchun borini berdi va ketishga qaror qildi. Qarorni hurmat qilamiz. Uning ketishi bizga unchalik tasir qilmasa kerak.

- Klub aktivlarini agentlik sotib olganini eshitdik. Bir necha klub bir agentlikning ixtiyorida bo'lishi OFK qaroriga zid. Umuman olganda klub hususiylashmoqda. Bunga fikrlaringiz.

- Agar klublar hususiy bo'lsa bu juda yaxshi holat. Ammo unday bo'lsa O'zbekistonda qaysi klublar qoladi? Menimcha bizdan kuchliroq ligalarda ham bunday holat yo'q. Qaytaraman klublarimiz hususiy bo'lishini yoqlayman, ammo futbol ham bo'lishini istayman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика