So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Andrey Fyodorov: "Neftchi" yutqazgan bo'lsada yaxshi o'yin namoyish etdi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Neftchi" yutqazgan bo'lsada yaxshi o'yin namoyish etdi"

“Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi yakuniga etgach, murabbiylardan o'yin haqida fikrlarini so'radik. Dastlab, “Neftchi” jamoasi ustozi Andrey Fyodorov o'yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Jamoamiz uchrashuvda yutqazgan bo'lsada yaxshi o'yin namoyish etdi. Futbolchilarimizning bugungi ko'rsatgan o'yini menga yoqdi. Ular hisobga qaramasdan maydonda yaxshi harakat qilishdi. Bor kuchlarini berishdi. Bugun jamoamiz katta ishtiyoq bilan harakat qilishdi, hayajon ham bo'ldi, bu orqali ular xatolarga ham yo'l qo'yishdi. Ammo yana takror aytaman, bugun jamoamning ko'rsatgan o'yini menga yoqdi.

SHerzod Hakimov jarohati tufayli bizga yordam bera olmayotgan edi. U keyingi vaqtlarda yana o'zini tiklab, bizga yordam bera boshladi. O'ylaymanki, u  keyingi o'yinlarda maydonda to'liq harakat qila oladi.

Abdumavlon Abduljalilov “Paxtakor” klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u keyingi uch mavsumda bizning jamoamiz tarkibida o'ynayapti. Men uning kelajagi porloq deb, hisoblayman. Darvozabonimiz bugun ham yaxshi o'yin ko'rsatdi.

“Neftchi”ning bu yilgi muvaffaqiyatsizliklariga sabab? Jamoamizning ko'rsatayotgan o'yini borasida yomon emas. Ammo vaziyatlarni golga aylantirishda biroz oqsayapmiz. Menimcha bu o'tkinchi holat. Kamchiliklar ustida ishlayapmiz. O'ylaymanki, biz albatta kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz", - deydi Fyodorov.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика