So’nggi yangiliklar

06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  10 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  104 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   17 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Andrey Fyodorov: "Bunday hisoblarni muhokama qilish qiyin" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Bunday hisoblarni muhokama qilish qiyin"

O'zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "Lokomotiv" - "SHerdor" (7:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bunday hisoblarni muhokama qilish qiyin. Garchi uchrashuvda 7 gol urgan bo'lsak-da, raqiblarning o'yiniga ham yaxshi baho bergan bo'lardim. Bunday uchrashuvlarda har doim hisob ochilmay turgan vaqtida o'zimizdan kuchsizroq bo'lgan raqiblarga qarshi o'ynash qiyin bo'ladi. Raqiblar avvaliga tartibli o'ynashdi. Keyinchalik biz uzun, qisqa to'p oshirishlari orqali darvozaga yo'l topishni uddaladik. Ammo uchrashuv davomida kamchiliklarimizni ko'rdik, ayrim jihatlarimizni kuchaytirib olish kerakligini bilib oldim.

Yangi bosh murabbiy? Ha, men ayni damda bosh murabbiylik vazifasini bajaryapman. Biroq yangi bosh murabbiy borasidagi savolni rahbariyatdagilarga berish kerak.

Nesterov "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Uning elkasidan jarohati bor edi, shu boisdan u bir necha kun mashg'ulotlarda qatnashmadi. Sardor Rashidovning burni qonagan bo'lsa-da, uning yaxshi holatda.

Raqiblar ham yaxshi jamoa ekan. Ularning "Lokomotiv-BFK"ga qarshi o'yinini tomosha qilgandim. Ular bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsata olishardi. Jamoaning ayrim jihatlarini bilgan holda, yigitlarni bugungi uchrashuvga tayyorladim. SHu boisdan ham yaxshi o'yin ko'rsata oldik"

Islom To'xtaxo'jaev: "Bunday jamoalar har doim birinchi golgacha o'ynashadi. Jamoada iqtidorli, ishtiyoqli yoshlar ko'p ekan. "Lokomotiv"ga qarshi o'ynash ularga dars bo'ldi deb o'ylayman"

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика