Andres Inesta sharafiga haykal o'rnatildi
06 iyu 08:52
Yangiliklar
Andres Inesta sharafiga haykal o'rnatildi
Taniqli haykaltarosh Xaver Moreno tomonidan yaratilgan yodgorlik yarim himoyachining 2010 yilda Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan JCH-2010 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yinda (1:0) Ispaniya terma jamoasiga g'alaba keltirgan golidan ilhomlangan. U «Karlos Belmonte» stadioni yaqinida o'rnatildi.
O'z shahrining elchisi bo'lgan 40 yoshli futbolchi tadbirda ishtirok eta olmadi, biroq minnatdorchilik videosini yubordi.
«Bu voqea meni juda tasirlantirdi. Men shahrimga, oilamga va faoliyatim davomida meni qo'llab-quvvatlagan barcha odamlarga minnatdorchilik bildiraman. Men o'z avlodimdan faxrlanaman, aynan Albasete farzandi ekanligim men uchun katta sharaf.
Ushbu sanat asari men uchun va futbolimiz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan bir lahzadan ilhomlangan. Biz barchamiz bu goldan xursand bo'lganmiz va endi doim shu lahzaning bir qismini his qilishimiz mumkin», dedi ispaniyalik futbolchi.
Fikrlar