Andre Onana Kamerun termasi tarkibidan chetlatildi
28 noy 2022 14:35
Yangiliklar
Andre Onana Kamerun termasi tarkibidan chetlatildi
Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onana Serbiyaga qarshi o'yin uchun tarkibga olinmadi.
"G" guruhidan o'rin olgan Kamerun va Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.
"Inter" darvozaboni Andre Onana malum intizomiy sabablar tufayli bahs boshlanishiga bir necha soat qolganida tarkibdan chetlatildi.

O'z vatani uchun 34 ta o'yinda ishtirok etgan Onana o'rniga Saudiya Arabistoning "Abha" jamoasi posboni Devis Epassi (suratda chapda) Kamerun darvozasini qo'riqlaydi.
Epassining chigilyozdi mashg'ulotlarda qatnashayotgan suratini bevosita "Al Janub" stadionida faoliyat olib borayotgan muxbirimiz Tolibjon Qosimov taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, Andre Onana yozda Italiyaning "Inter" klubi safiga erkin agent sifatida borib qo'shilagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar