So’nggi yangiliklar

13:18"Пахтакор" — "Динамо". Таркиблар маълум  0 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  0 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  5 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  4 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  5 07:42Футзал. Бугун финал!  4 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1

“Andijon”ning Toshkentdagi yig'ini yakunlandi Yangiliklar

“Andijon”ning Toshkentdagi yig'ini yakunlandi

Teglar :  Andijon
Yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rish maqsadida Toshkentda yig'in tashkil etgan andijonliklar kecha poytaxt yig'inini yakunladi.

Muxlislarga yaxshi malumki, “burgutlar” u erda o'quv-mashg'ulotlar bilan birga bir qator nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushdi. Eldor Sakaev boshqaruvidagi “Andijon”ning navbatdagi bosqich yig'ini endi klub qarorgohida kechadi. Rejaga ko'ra, jamoa azolari 18 fevral kuni tushlikdan so'ng Andijonda yig'iladi va mashg'ulotlar Bo'ston dahasidagi, “Andijon” futbol klubi qoshidagi “Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi”ning maydonida o'tkaziladi.  

 Tarkibdagi so'nggi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, kecha “Qizilqum”ga qarshi o'tkazilgan sinov-nazorat bahsidan so'ng, murabbiylar Husan Olimjonov bilan xayrlashishga qaror qildi. “Mashal” jamoasidan taklif etilgan iqtidorli posbon endilikda o'ziga yangi jamoa topishi mumkin. SHuningdek himoyachi Avaz Agaliev ham Farg'onaning “Neftchi” klubidan tushgan taklifni qabul qilgan ko'rinadi.  

“Andijon” tarkibiga hujumchi Davron Isoqov kelib qo'shilganini qayd etish lozim. O'tgan mavsum Quvasoyning “Cementchi” jamoasi tarkibida to'purarlik mahoratini ko'rsatgan Isoqov katta ehtimol bilan joriy yil “Andijon” sharafini himoya qiladi.  

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика