So’nggi yangiliklar

10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  4 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  6 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  4 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24

Andijonning suriyalik darvozaboni Andijon klubiga kelishi, CSKAdagi hayoti, Abbosbek Fayzullaev va Osiyo kubogi haqida gapirdi Yangiliklar

Andijonning suriyalik darvozaboni Andijon klubiga kelishi, CSKAdagi hayoti, Abbosbek Fayzullaev va Osiyo kubogi haqida gapirdi

Andijon tarkibiga qishki selekciya paytida qo'shilgan yangi futbolchilar orasida istedodli darvozabon Maksim Sarraf ham bor.

Rossiyaning CSKA klubi tarbiyalanuvchisi Suriya terma jamoasi azosi ham hisoblanadi. Yaqinda Qatardagi Osiyo Kubogida u suriyaliklar tarkibida bor edi. Sarrafning faoliyatida yangi sahifa ochildi. «Andijon»ning yangi azosi bu erdagi ilk intervyusini berdi.

- Maksim, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Avvalo, muxlislarga o'zingiz haqingizda malumot berib o'tsangiz. Sizni Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida Suriya terma jamoasiga chaqirilganingizni ko'pchilik yaxshi biladi.

-Ha, to'g'ri men Suriya terma jamoasi «zayavka»sida bo'lganman. Birinchi marta milliy terma jamoaning yoshlar tarkibiga borib qo'shilganman. Katta yo'lni bosib o'tib, mehnatlarim evaziga men terma jamoaga tarkibiga kirishga ulgurdim.

-«Andijon»ning taklifi haqida ilk bor qachon eshitdingiz va uni qabul qilishingizga asosiy sabab nima bo'ldi?

-Osiyo Kubogida qatnashayotganimizda «Andijon» klubidan taklif kelib tushganini eshitdim. Natijada bu taklifni men xursandchilik bilan qabul qildim. O'zbekiston Superligasida qatnashadigan, qiziqarli jamoa ekanligini eshitdim. Yaxshi murabbiylar shtabi yig'ilgan. Bu taklif menga yoqqani sababli «Andijon»ga o'tishga qaror qildim.

-1 fevral kuni «Andijon» Antaliyada SSKA bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va siz bu o'yinni ko'rdingizmi?

-O'rtoqlik o'yinini mashg'ulotdan oldin ko'rdim. Biz bu paytda Qatarda edik. Ko'rdim, yaxshi taassurot qoldirishdi. Qanotlar, markazlar orqali yaxshi o'yin tashkil qilishlarini ham kuzatdim. SHuningdek, pressingni ham ajoyib tarzda bajarishlariga guvoh bo'ldim hamda yaxshi o'yin tashkil qilishlarini ham ko'rdim. Munosib kurashdi.

-CSKAning afsonaviy darvozaboni Igor Akinfeevdan nima o'rgandingiz? Masalan, u sizni «Andijon»ga ko'chib o'tganingizni biladimi?

-To'g'risi, meni kelishim haqida u biladimi yoki bilmaydimi, aniq malumotga ega emasman. Biz u bilan mashg'ulotlar jarayonida ko'rishganmiz. Albatta, Akinfeev meni biladi. Biz mashg'ulotlar jarayonida bir necha bor gaplashganmiz.

-Aytingchi, CSKA akademiyasiga kirib qolishingiz qanday yuz bergan?

-Amerikadan kelganim so'ng akademiyaga bordim. Ko'rikdan o'tdim va o'sha erga joylashdim.

-Abbos Fayzullaevdan mana shunday o'yin ko'rsatishini kutganmidingiz?

-To'g'risi, men Abbosdan shunday o'yinni kutgandim. Ko'pchilik tomonidan yaxshi fikrlar aytilyapti. U hali ancha yosh. Abbos jismoniy jihatdan ham juda yaxshi formaga kirib, shakllanib qoldi, deb o'ylayman. Oldindan bu futbolchini potenciali katta ekanligini bilardim. U munosib o'yin ko'rsatmoqda.

-Suriya terma jamoasiga chaqirilishingiz tarixi qanday bo'ldi?

-Terma jamoa strukturasida ishlaydigan shaxs o'zi menga aloqaga chiqdi. Biz u bilan gaplashib oldik. Ungacha ham chaqiruv bo'lgan, lekin hech qanday aloqa xati kelmagan va uni aniqlaganimdan so'ng o'zim uchun qaror qabul qilib, terma jamoa yig'iniga borishga qaror qildim

-Suriya terma jamoasi Osiyo Kubogida yaxshi taassurot qoldirdi. Faqat Eronga penaltilar seriyasida yutqazdi. Bu xususida fikringiz qanday?

-Ha, chindan ham biz o'zimizdan yaxshi taassurot qoldirdik, deb o'ylayman. Eron bilan penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. Bilasiz, Eron Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi va musobaqa favoritlari qatorida edi. Penaltilar seriyasi – bu lotereya. Futbolchimiz bu nuqtadan gol ura olmadi. Bunda omad Eronga kulib boqdi va ular keyingi bosqichga chiqishdi. Terma jamoamiz barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

-Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan tez-tez gaplashib turasizmi?

-Ektor Kuper bilan yig'inlar davomida gaplashamiz. Albatta, u bilan suhbatlashish ham men uchun sharaf deb o'ylayman. Tarjimon ishtirokida biz o'zaro gaplashamiz.

-«Andijon» klubidagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?

-Dastlabki taassurotlarim albatta juda ijobiy. Jamoa meni yaxshi qabul qilib oldi. Do'stona muhit ekanligi ko'rinib turibdi. Murabbiylar shtabi ham tajribali ekanligi bilinyapti. Mashg'ulotlar yuqori darajada olib borilayotganligini guvohi bo'ldim. Umid qilamanki, mashg'ulotlardagi mehnat mavsum davomida ijobiy tasirini ko'rsatadi va biz o'zimizdan yaxshi taassurot qoldira olamiz.

-Darvozabonlar orasida kumiringiz kim?

-Ko'plab o'zim yoqtirgan darvozabonlarim bor. Ularning ichida men Buffonni alohida aytib o'tgan bo'lardim. U faoliyatini qoyilmaqom tarzda olib bordi. Barchaga jamoasiga sodiqligini ko'rsatib qo'ydi. Hattoki, «Yuventus» B seriyaga tushib ketganida ham klubi bilan birga bo'ldi. Sodiq ekanini isbotladi. Ko'plab yutuqlarga erishdi. SHu sababli men Buffonni tanlayman.

-Maqsadingiz qanday va «Andijon» muxlislariga nima deya olasiz?

-Har bir o'yinda uch ochko olish kerak. Oxirgi xushtak chalinguniga qadar biz bor kuchimiz bilan kurashamiz. Yuqori natijalarni ko'zlash hamda turnir jadvalida maksimal darajada yuqori o'rinlarga egalik qilish muhim. Barcha muxlislarga «Andijon» jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini xohlayman va ular buni ajoyib tarzda bajarishlariga ishonaman.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика