Andijonning ikki jamoasi Qozog'istondagi turnir sovrindorlari! FOTOGALEREYA
05 may 2018 11:41
Yangiliklar
Andijonning ikki jamoasi Qozog'istondagi turnir sovrindorlari! FOTOGALEREYA
Kecha Qozog'istonning SHimkent shahrida 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida sobiq Ittifoq mehnat qahramoni Boranbek SHukurbekov xotirasiga bag'ishlangan futbol turniri yakunlandi.
Turnir ilk yarim finalida Andijonning ikki jamoasi o'zaro to'qnash keldi. Unda Andijon futbol akademiyasi jamoasi Andijon viloyati futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internatini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Yarim finalning ikkinchi to'qnashuvida Qozog'istonning "Aris-1" yoshlari "Aris-2" ustidan 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Turnirning 3-o'rin uchun o'tkazilgan Andijon VFIMI - "Aris-2" jamoalari o'rtasidagi bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida andijonliklar 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
Finalda esa "Aris-1" mehmon Andijon futbol akademiyasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Turnir yakunlariga ko'ra, Andijon futbol akademiyasi jamoasi 2, Andijon VFIMI 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Fikrlar