So’nggi yangiliklar

03:11АПЛ. МЮ икки марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  0 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7

Arne Slot mag'lubiyatga izoh sifatida: "Kristal Pelas"ga o'tgan mavsumda bitta gol urgandik, bu safar ikkita" Yangiliklar

Arne Slot mag'lubiyatga izoh sifatida: "Kristal Pelas"ga o'tgan mavsumda bitta gol urgandik, bu safar ikkita"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Superkubogida "Kristal Pelas"ga uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

- Qarama-qarshi tuyg'ular girdobidaman. Agarda jamoamizning zich himoyaga qarshi o'ynaydigan jamoaga qarshi o'yinini solishtiradigan bo'lsak, o'tgan yilgidan yaxshiroqmiz. O'tgan mavsumda "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinlarda bittagina gol urgandik, bugun ikkita. Zich himoyaga qarshi o'ynaydigan jamoadan ko'proq vaziyat yaratdik.

Boshqa tomondan olib qarasak, biz ikkita gol qo'yib yubordik, huddi "Atletik"dagi kabi.  "Milan"ga qarshi o'yinda undan ham ko'proq qo'yib yuborgandik. Bu borada ishlash kerak.

Birinchi gol jamoaviy o'yin evaziga urildi. Bu orqali biz kreativlik va kombinacion o'yin orqali xavfli ekanligimizni ko'rsata oldik. Bu o'tgan mavsumdagidan ko'ra ancha yaxshiroq.

O'tgan mavsumda biz iloji boricha kamroq o'tkazib, ko'proq vaziyat yaratishga harakat qilgandik. Bu safar biz ko'p vaziyat yaratish ustida ishlayapmiz. Shu bilan birgalikda ko'p o'tkazib yuboryapmiz. Agarda chempionlik uchun kurashishni istasak, darvozamidan kamroq gol o'tkazish emas, balki, raqiblap vaziyat yaratmasligi uchun ishlashimiz kerak. Bugun ko'p gol o'tkazib yubordik deb hisoblamayman, biroq g'alaba qozonmaslik uchun etarli bo'ldi.

- "Liverpul" ushbu mavsum bosim ostida qoladimi?

- Biz "Liverpul"miz. Bu ko'p futbolchilar bilan shartnoma imzolaganimizga bog'liq emas, chunki biz ko'p futbolchilarni qo'yib yubordik. Yana bir futbolchini taklif qilmoqchimiz. Ammo ayta olamanki, siz "Liverpul" libosidamisiz, bosimni his qilaverasiz, - dedi Slot.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика