So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

“Andijon”ning ishqibozlari qishda ayiqni ham o'ynatib yuboradi” – Superliga 24-tur o'yinlari Murod Ismoilov nigohida Yangiliklar

“Andijon”ning ishqibozlari qishda ayiqni ham o'ynatib yuboradi” – Superliga 24-tur o'yinlari Murod Ismoilov nigohida

Teglar :  Murod Ismoilov
Muxlislarga yaxshi malumki, Superliga o'yinlari nihoyasiga etishiga ham uchta tur qoldi. Oldinda turgan har bir bahs ishqibozlarni qattiq xayajon ostida ushlab turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Sovrinli o'rinlar uchun kurash qanday jiddiy kechayotgan bo'lsa, autsayderlar poygasida ham intriga yuqori darajada kechmoqda deyish mumkin. Malum muddatlik qisqa muddatli tanaffusdan keyin bugun Superliganing 24-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bo'lajak bahslar oldidan marg'ilonlik taniqli murabbiy Murod Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik. O'z vaqtida “Paxtakor”, “Neftchi”, “Qo'qon-1912”, “Metallurg” hamda “Turon” jamoalarida murabbiylik qilgan mutaxassis 24-tur bahslariga qisqacha to'xtalib o'tib, o'z qarashlarini bayon etdi.

AGMK – “Andijon”
Mahorat, infratuzilma, turnir jadvali va xokazolardan kelib chiqsa, AGMK favorit. Lekin “Andijon”ni oxirgi o'yinlarini oladigan bo'lsak, jamoada kayfiyat bor. Qolaversa muxlislari qishda ayiqni ham uynatib yuboradi. Ushbu bahsda VAR tizimi ishlar ekan. Uchrashuvga tayinlangan hakam ham ancha saviyali. Nazarimda o'yin murabbiylar jangiga aylansa kerak. CHunki ikkala jamoa murabbiylari juda sabr qilishni biladigan insonlar. Qaysi jamoa o'z uslubiga, va murabbiyni ko'rsatmasiga amal qilsa, yutib ketishi mumkin.

“Bunyodkor” – “Qizilqum”.
Bu jamoalar ikki xil. Birida maxorat va salobat bo'lsa, ikkinchisida yoshlik, shijoat mujassam. Lekin uyda o'ynagani hisobiga “Bunyodkor”da g'alaba bo'lgan imkoniyat ko'proq.

“Navbahor” – “Metallurg”.
“Navbahor” uyda o'ynaganda, xohlagan jamoani tiz cho'ktira oladi. Agar jamoada kayfiyat yaxshi bo'lsa. Hozir jamoada kayfiyat qandayligini bilmayman. “Metallurg”ga esa ochkolar suv va havodek zarur. Biroz muammo bo'lishi mumkin. CHunki yangi murabbiyni yigitlar qanchalik tushunishadi, murabbiy nimalarga etibor beradi bilmadim. Ishonaman, muxlislar ham stadionda dalda bo'lib turishadi.

“Lokomotiv” – “So'g'diyona”.
“So'g'diyona” favorit! CHunki ularni turnir jadvali ham shunga majbur etadi. Axir medallar uchun bunchalik yakin kelmagan edi jamoa.

“Paxtakor” – “Surxon”.
“Paxtakor” muddatidan avval chempion bo'ldi. Yuzaki qarasak ularga kerak emas o'zini qiynash. Murabbiylar mazkur uchrashuvda shu kunga qadar kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan, deyarli o'ynamagan yoshlarni qo'yib o'ynatishi ham mumkin. Lekin ishonamanki, u erda professionallar bor. SHunchaki o'tkinchi o'yin bo'lmaydi.

“Mashal” – “Turon”.
Xafa bo'lmasalaring, “Turon”ga muxlislik qilaman. Va albatta uning yutishini xohlayman. Biroq bu - o'yin.



Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика