Andijonliklar Qozog'istondagi xalqaro turnirda g'olib bo'ldi
26 okt 2017 13:57
Yangiliklar
Andijonliklar Qozog'istondagi xalqaro turnirda g'olib bo'ldi
Unda Andijon viloyatining Bo'ston dahasida joylashgan Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari ham bevosita ishtirok etib qaytdi. Ahamiyatlisi SHoxrux Ishanov va Lochin Guldaev boshqaruvidagi Andijon-IFMI jamoasi musobaqada finalga chiqib, unda mezbonlar yani CHimkentning Ordabasi klubi tarbiyalanuvchilarini 1:0 hisobida mag'lub etdi. SHu tariqa andijonliklar mazkur xalqaro turnirda g'olib bo'lib, yurtimizga bosh sovrin bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.
Etiborlisi finaldagi yagona golga mualliflik qilgan Hamidullo Karimov turnirning Eng yaxshi hujumchisi deya diplom va estalik sovg'a bilan taqdirlandi.
“Ordabasi” (CHimkent) – “Andijon-IFMI” 0:1
Gol: Hamidullo Karimov.
Kuni-kecha Qozog'istondan yurtimizga eson-omon qaytib kelgan futbolchilarimizni tantanali ravishda kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Fikrlar