So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  3 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

"Andijon"ning yangi legioneri: "Maksim Shackix Ukraina futboli uchun haqiqiy afsonadir" Yangiliklar

"Andijon"ning yangi legioneri: "Maksim Shackix Ukraina futboli uchun haqiqiy afsonadir"

"Andijon"ning yangi futbolchisi Artyom Odincov jamoa matbuot xizmatiga interyu berdi.

- Artyom, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklif haqida birinchi marta eshitganingizda nimani o'yladingiz?

- Yodimga kelgan birinchi narsa ukrainalik darvozabon Igor Litovkaning aynan “Andijon” safida to'p surgani bo'ldi!

- Menimcha, muzokaralar tez yakun topdi. Bu borada sizga eng ko'p nima yoqdi?

- Dastlabki o'ylaganlarim shundayki, demak, ular men haqimda qiziqishganini va ular meni o'z klubida ko'rishni xohlashayotganligini his qildim. 

- Faoliyatingizni asosan Vengriya chempionatida o'tkazdingiz. Endilikda muhitni o'zgartirishga nima turtki bo'ldi?

- Vengriya klubi bilan shartnomam tugaganidan so'ng o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rishni xohladim va yangi chaqiruvga tayyor edim.

-  “Andijon” ustozi Maksim Shatskixni qanchalik bilasiz? U bilan birinchi marta ishlayapsiz...

- Maksim Shackixni anchadan beri bilaman. Yoshlik chog'imda dadam bilan birga “Dinamo” Kiev – “Shaxtyor” o'yiniga borganmiz. O'sha paytdan beri Maksim Aleksandrovichni bilaman. Maksim Shackix Ukraina futboli uchun haqiqiy afsonadir. Shunday inson bilan birga ilk bor ishlayotganimdan juda xursandman, bunday mutaxassis qo'lida faoliyat olib borishimdan baxtiyorman.

- 31-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Sababi oddiy. Men doim 12-raqamda o'ynaganman. Ammo bu raqam band ekan. Shu sababli yodimga 31-raqam tushdi. 

- Yangi jamoangizdagi ilk taassurotlar qanday?

- Taassurotlarim zo'r. Barcha yigitlar pozitiv holatda. Ishga juda chanqoqlar va o'z vazifalarini sidqidildan bajarishyapti. 

- “Andijon”ning taklifini qabul qilishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz va qanday malumotlarni o'rgandingiz?

- Birinchi navbatda agentim bilan bu taklif haqida o'ylab ko'rdik. Keyinchalik “Qizilqum”da o'ynayotgan do'stim Roman Papariga bilan gaplashdim. U menga faoliyatni o'stirish uchun O'zbekiston chempionati juda yaxshi imkoniyat ekanligi haqida gapirib berdi. Shuningdek, bu erda futbol juda tez rivojlanayotganini ham aytdi. Qolaversa, yurtingizdagi odamlar juda mehmondo'st va mehribonligini ham alohida takidlab o'tdi. U bilan gaplashganimizdan so'ng men “Andijon” bilan shartnoma tuzishga qaror qildim va bundan xursandman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика