“Andijon” polshalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
13 iyu 07:25
Yangiliklar
“Andijon” polshalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Selekciya ishlarini faol olib borayotgan “Andijon” jamoamiz o'z safini polshalik legioner Kristian Novak bilan to'ldirdi.
Malumot uchun, Novak 1994-yilning 1-aprel kuni Polshada tavallud topgan. U markaziy himoyachi poziciyasida to'p suradi.
Novak faoliyati davomida “Lodz” (Polsha), “Turek” (Polsha), “Vidzev Lodz” (Polsha), “Podbeskidze” (Polsha), “Midlotian” (Shotlandiya), “Panionis” (Greciya), “Slaven” (Xorvatiya), “Kluj” (Ruminiya), “Bogemian” (Irlandiya) va “Jenis” (Qozog'iston) klublarida to'p surgan.
Kristian Novak bunga qadar “Jenis” tarkibida bir yarim yil faoliyat olib borgan holda u erda 40 ta o'yinda maydonga tushgan.
Polshalik legioner bilan 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar