So’nggi yangiliklar

15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2

Andijonda “Vodiy Kubogi-2017” futbol festivali bo'lib o'tdi Yangiliklar

Andijonda “Vodiy Kubogi-2017” futbol festivali bo'lib o'tdi

Kecha Andijon shahridagi “Barkamol avlod” stadionida “Bolalar va o'smirlar futbol maktabi” tasarrufida bo'lgan jamoalar o'rtasida futbol festivali o'tkazildi.
2017 yil – Xalq bilan muloqot yili va “Fidoying bo'lgaymiz seni O'zbekiston” shiori ostida o'tkazilgan mazkur futbol festivalida 2007-2008 yillarda tug'ilgan bolalar qatnashdi. Unda “Barkamol avlod” (Andijon), “BO'FM” (Andijon), “Dang'ara”(Qo'qon) hamda “Umid” (Namangan) jamoalari ishtirok etdi. O'yinlar juda ham qiziqarli va sof tarzda o'tdi deyish mumkin. Namanganning “Umid” jamoasi ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan bo'lsa, Qo'qondan tashrif buyurgan “Dang'ara” jamoasi futbolchilari ham o'zlarining ijobiy tomonlarini namoyish eta oldi. SHuningdek “Barkamol avlod” va “BO'FM” tarbiyalanuvchilari ham turnirda astoydil ishtirok etib, raqiblariga qiyinchilik tug'dira oldi.


Andijonning "Barkamol avlod" jamoasi.

Qo'qonning "Dang'ara" jamoasi.


Yakunda “Umid” (Namangan) jamoasi eng ko'p ochko jamg'arib, birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, “Barkamol avlod” jamoasi ikkinchi o'rin, “Dang'ara” uchinchi o'rin hamda “BO'FM” jamoasi to'rtinchi o'rin bilan cheklandi. Lekin jamoalar saviyasidagi farq katta emasligini ko'rish mumkin. Bir qator bahslarda durang natijalari qayd etilgani ham fikrimizga misol bo'la oladi.


Darvoqe, turnir tashkilotchilari “Eng yaxshi futbolchi” nominaciyasi bo'yicha ham deyarli har bir jamoadan ayrim futbolchilarni etirof etdi. Muhimi turnirda ishtirok etgan har bir futbolchi diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi. SHu tariqa 9-10 yoshli bolalar o'z uylariga xursand xolda qaytib ketdi.
“Sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi”ning futbol murabbiyi Bahodir Ro'zimatov ushbu musobaqaning o'tkazilishida tashabbuskorlik ko'rsatganini ham aytib o'tish lozim.


SHu munosabat bilan Bahodir Ulug'bekovichdan turnir haqidagi fikrlarini so'radik: - Mazkur “Vodiy Kubogi-2017” futbol festivalini har yili o'tkazilib kelinishi deyarli ananaga aylanib qoldi desak ham bo'laveradi. Bungacha Namangan, Farg'ona va Qo'qon shahrida o'tkazildi. Navbat Andijonga etib kelgandi. Ushbu musobaqa orqali biz qo'l ostimizda shug'ullanayotgan bolalarni futbolga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning muomala-madaniyati, fikrlash onggini kuchaytirish va eng asosiysi sog'lom tarzda voyaga etishini taminlashni maqsad qilganmiz. Bolalar futbolida natija keyingi o'rinlarda turadi. SHuning uchun bugun har bir jamoa natijadan ham o'zlarini ijobiy tomondan ko'rsatishga xarakat qildi. O'zbekistonda iqtidorli yoshlar ko'p deb aytiladi. Haqiqatdan ham istedodlar talaygina. Bugungi o'yinlar orqali ham ko'plab yosh, iqtidorlarni ko'rib xursand bo'ldik. Nasib qilsa ular kelgusida yoshlar va o'smirlar so'ngra milliy terma jamoa darajasidagi futbolchilar bo'lib etishib chiqadi.  Endi “Vodiy Kubogi-2017”ning navbatdagi mezboni Namangan viloyati bo'ladi. Fursatdan foydalanib, ushbu musobaqani Andijonda yuqori darajada o'tkazib bergan mutasaddi rahbarlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ularning bizga bildirilgan ishonchini oqlashga xarakat qilamiz.
 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика