So’nggi yangiliklar

19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  0 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  0 19:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  5 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5

Andijonda Baxtiyor Yuldashev xotirasiga bag'ishlangan turnir o'tkazildi Yangiliklar

Andijonda Baxtiyor Yuldashev xotirasiga bag'ishlangan turnir o'tkazildi

Xotira muqaddas! Xotira aziz! O'tganlarni yod olish esa barchamizning burchimizdir.

O'z vaqtida “Andijon” jamoasi safida yorqin o'yinlari bilan muxlislar nazariga tushgan Baxtiyor Yuldashev bugun oramizda yo'q. 2008 yili og'ir xastalikka duchor bo'lib, olamdan o'tgan Baxtiyor Yuldashevning xotirasiga bag'ishlab, turnir o'tkazildi. Andijon shahridagi “Sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi”da bolalar murabbiyi Bahodir Ro'zimatov tashabbusi bilan ushbu xotira turniri tashkil etildi. Baxtiyor Yuldashevning farzandi Jasur esa uni qo'llab-quvvatlab, 2006-2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida musobaqaning yuqori suratda o'tishiga o'z xissasini qo'shdi. Vodiy jamoalari o'rtasida kechgan qiziqarli musobaqada jami 12ta jamoa ishtirok etdi.

“Andijon IBO'SM”, “Namangan-Barkamol”, “Navbahor-Umid”, “To'raqo'rg'on”, “Uchqo'rg'on”, “Uchko'prik”, “Iftixor” (Andijon), “Andijon-Burgutlari”, “Umid-Namangan”, “Quvasoy”, “Farg'ona BO'SM” hamda “SHahrixon-BO'SM” qura tashlash orqali ikki guruhga bo'lindi va g'oliblik uchun kurash olib bordi.


“Farg'ona-BO'SM” jamoasi bronza medallari uchun Namangan viloyatining “To'raqo'rg'on” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda Ahror Siddiqov boshqaruvidagi “Farg'ona BO'SM” jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Finalda esa mezbonlar – “Andijon IBO'SM” Namanganning “Namangan-Barkamol” jamoasi bilan ro'baro' keldi.



Qiziqarli murosasiz tarzda kechgan bahsning asosiy bo'limlarida 7:7 hisobi qayd etilgach, g'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi va unda andijonlik futbolchilar bitta to'p farqi bilan chempionlikni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimi ham yuqori saviyada tashkil etilib, turnir sovrindorlari medal va diplom bilan taqdirlandi. Qolgan jamoalarning barchasiga esa tashakkurnoma taqdim etildi. SHuningdek musobaqada ishtirok etgan yosh futbolchilar turli nominaciyalar bo'yicha ham aniqlanib, ularga musobaqa tashkilotchilari tomonidan estalik sovg'alar ulashildi.



Nominaciyalar bo'yicha quyidagilar “Eng yaxshi” deya etirof etildi.
“Eng yaxshi darvozabon” – Muhammadaziz Rahimov (“Andijon IBO'SM”),
“Eng yaxshi himoyachi” – Davron Abdullaev (“Farg'ona BO'SM”),
“Eng yaxshi yarim himoyachi” – Oyatullo Tursunov (“Farg'ona BO'SM”),
“Eng yaxshi hujumchi” – Abdulaziz Abdusalimov (“Namangan-Barkamol”),
“Eng yosh futbolchi” – Olimjon Raimjonov (“Andijon IBO'SM”),
“Eng yaxshi murabbiy” – SHodmon Mamatov (“Namangan Barkamol”).



CHapdan - Bahodir Rahmonov, Baxtiyor Yuldashev, Vladimir Zoteev,Evgeniy Kornyuxin, Boris Bakanov.


CHapdan - Rinat Idrisov, Qahramon Abduqodirov, Baxtiyor Yuldashev, Andrey Rezancov, Oleg Malaxov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика