So’nggi yangiliklar

21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  54 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  9 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

“Andijon” yig'inni CHirchiqda o'tkazadi Yangiliklar

“Andijon” yig'inni CHirchiqda o'tkazadi

Teglar :  Andijon
PRO-Liga qatnashchisi “Andijon” jamoasi azolari ayni damda tatilga chiqqan.

“Burgutlar” 9 iyul kunidan davralar oralig'idagi o'quv-yig'in mashg'ulotiga kirishadi. Yig'in o'tkazish uchun CHirchiq shahridagi so'lim go'shalardan biri tanlangan. Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, CHirchiqda ikki mahal mashg'ulot o'tkazish bilan birga, ayrim jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvini ham tashkil etish rejalashtirilgan. Hozircha sparring-raqiblarning ikkitasi malum bo'lib, dastlab Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi, keyinchalik qo'shni Tojikiston respublikasining “Xo'jand” klubi bilan kuch sinashadi. Malumki, “Nurafshon” jamoasi PRO-Liganing “B” guruhida karvonboshchilik qilib kelayotgan bo'lsa, “Xo'jand” OFK Kubogi ishtirokchisi hisoblanadi.

Albatta bu yil o'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan va bu yo'lda astoydil kurashayotgan “Andijon” tarkibida transfer chog'ida ayrim o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Har bir poziciyadagi raqobatni kuchaytirish maqsadida hozirda bir qator futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda. Nomlarni hozircha oshkor eta olmasakda, ularning deyarli barchasi Superliga klublaridan kelayotganini aytish mumkin. Agarda ushbu futbolchilar bilan rasmiy kelishuvga erishilsa, shundagina nomlar elon qilinadi.

Mavsumning birinchi qismini “Andijon”da o'tkazgan, Xusan Olimjonov, Mirjalol Rajabov, Hoshimbek SHokirov, Maruf Zokirjonov, Bekzod G'anijonov hamda Obid Hakimov singari futbolchilar bilan tuzilgan shartnoma har ikki tomonning o'zaro kelishuviga binoan bekor qilindi va ular bilan do'stona ravishda xayrlashildi. O'z navbatida malum muddat “burgutlar” sharafini himoya qilgan yuqoridagi futbolchilarning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Yana shuni ham qo'shimcha qilish lozimki, “Andijon” tajribali yarim himoyachi Eldor Boymatovni transferga qo'ydi. Ayni damda markaziy yarim himoyachi Superliga vakili “Qizilqum” yig'inida ishtirok etmoqda. Agarda tomonlar futbolchining transfer masalasida bir to'xtamga kelsa, u xolda futbolchi mavsumning qolgan qismini “Qizilqum”da o'tkazadi. Aks xolda, Boymatov boshqa klubga transfer qilinishi mumkin. Ayni damda Eldorga bir nechta jamoalardan qiziqish bor.

 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика