So’nggi yangiliklar

23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  4 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  14 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

Andijon yig'ini Toshkentga ko'chdi Yangiliklar

Andijon yig'ini Toshkentga ko'chdi

Teglar :  Andijon
Farg'ona hokimi kubogi-2017 turnirining guruh bahslari yakuniga etgach Andijon murabbiylari futbolchilarga qisqa muddatli dam bergandi.

Kuni-kecha jamoamiz azolari navbatdagi yig'inni Toshkentda davom ettirish uchun poytaxt tomon yo'l oldi. Ko'pincha har yili qishda jamoamiz uchun vaqtinchalik baza vazifasini o'tab beradigan Admiral mehmonxonasi yana Andijon ixtiyorida ekanligini aytib o'tish lozim.

Kecha jamoamiz azolari rejaga muvofiq tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Tarkibga ikki nafar o'yinchi kelib qo'shilganini malum qilamiz. Bular - darvozabon Azizbek Abubakirov va himoyachi Abdurasul Komilovdir. Abubakirov UzTongXongKo (zavod jamoasi) posboni hisoblanib yanvar oyida jamoamiz yig'inida ishtirok etgandi. Murabbiylar uni poytaxtdagi yig'inga ham taklif etishdi. Himoyachi Komilovni esa andijonlik muxlislar yaxshi biladi u so'nggi yillarda birinchi liga ishtirokchisi UzDongJu sharafini himoya qilib kelayotgandi. Endilikda Abdurasul viloyatning bosh jamoasi uchun o'ynaydi.

Bundan tashqari yaqin kunlar ichida yana boshqa futbolchilar ham kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Bungacha jamoa ko'rigida bo'lgan yarim himoyachi SHukur Jumaboev kuni-kecha Andijon lagerini tark etdi. Mashg'ulotlar odatdagidek kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Ertalabki mashg'ulotlar trenajyor zalida o'tayotgan bo'lsa tushlikdan keyingi mashg'ulotlar hozircha Do'rmon stadionida olib borilmoqda.

11 fevral kuni Andijon poytaxt yig'inidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Sparring raqibimiz Bunyodkor jamoasi bo'ladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика