So’nggi yangiliklar

16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:35Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  2 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   22 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0

“Andijon” va “Navbahor” jamoalarida o'ynagan turkmanistonlik Elman Tagaev esingizdami? Yangiliklar

“Andijon” va “Navbahor” jamoalarida o'ynagan turkmanistonlik Elman Tagaev esingizdami?

O'tgan mavsum boshida “Navbahor” jamoasi tarkibni kuchaytirish va osiyolik futbolchilar limitidan unumli foydalanish maqsadida turkmanistonlik futbolchi Elman Tagaevni taklif qildi.

Biroq, yarim himoyachining ushbu jamoadagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. Yodingizda bo'lsa Tagaev 2016 yilning ikkinchi davrasida Orif Mamatkazin boshchiligidagi “Andijon” jamoasida ham malum vaqt to'p tepgan, klub quyi ligaga ravona bo'lgach u ham ketishga qaror qilgandi. SHunday bo'lsada ikkinchi davrada 12ta uchrashuvda maydonga tushgan, muxlislarda yomon taassurot qoldirmagandi.

Keyinchalik Ozarbayjon chempionatida o'zini ko'rsatgach “lochinlar” safiga kelib qo'shilgandi. Namanganlik ishqibozlar undan ko'p narsa kutishgani rost, boisi o'z vaqtida bu jamoada turkmanistonlik murabbiy Rahim Qurbonmamedov va boshqa turkman futbolchilari yani Didar Xojiev, Davletmurod Otaev kabilar bilan ajoyib tarkibni shakllantirgandi. Xo'sh, Elman Tagaev nima uchun klubdan ketdi? Futbolchi intervyularining birida shunday izoh bergan va batafsil fikrlarini bildirib o'tgandi.

“Hozirda “Axal” jamoasida harakat qilmoqdaman. O'z yurtimga qaytib faoliyatimni davom ettirishni maqul ko'rdim. Namanganda kam o'ynaganimni sabablari bor. Lekin, bu haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Gap murabbiyda emas, Andrey Kanchelskis yaxshi inson. U bilan o'rtamizda hech qanday ziddiyat va kelishmovchilik yuzaga kelmagandi. Ketish o'zimning shaxsiy qarorimdir. Jamoani tark etsam o'zimga ham, ularga ham qaysidir manoda foyda bo'lardi. Ammo, namanganlik ishqibozlarni yodimdan chiqarmayman, ular O'zbekistonda tengsiz va yagona. Safarda o'ynaganimizga qaramay ajoyib muhitni yaratib bera olishdi. Inson doim o'zi uchun to'g'ri qarorni qabul qilishi kerak deb o'ylayman.

“Andijon”ni o'sha paytda paydo bo'lgan vaziyat sababli tark etganman. Boshqa izohga hojat yo'q. Yangi futbolchiga moslashishi uchun malum bir vaqt kerak, u erdagi futbolchilar, jamoa, sharoitga tushib olishi lozim. Murabbiyning uslubi va talablariga mos kelish degan narsalar ham bor”,- degandi yarim himoyachi.

Malumot o'rnida 2019 yilgi mavsumda u “Navbahor” safida 3ta o'yinda ishtirok etdi va maydonda umumiy hisobda 75 daqiqa harakat qildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика