"Andijon-SGS" xalqaro turnirda Kataloniya klubini mag'lub etdi
05 apr 2023 15:50
Yangiliklar
"Andijon-SGS" xalqaro turnirda Kataloniya klubini mag'lub etdi
Ayni kunlarda Barselonada "Mediterranean international cup” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Mazkur turnirda yurtimiz nomidan Pro liga ishtirokchisi "Andijon-SGS" ham ishtirok etmoqda. SHohruh Ishanov shogirdlari bugun dastlabki turda Kataloniyaning "Vospak" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Hamidullo Karimov va Omadjon Tursunaliev mualliflik qilishdi.
"Mediterranean international cup”
"Andijon-SGS" - "Vospak" 2:1
Gollar: Hamidullo Karimov 21, Omadjon Tursunaliev 35
"Andijon-SGS": Tojiddinov, Nurmuhammadov, Rejabboev, Yorqinboev, Tursunaliev, Zuhriddinov, Usmonov, Karimov, Abdumalikov, Hamraboev, No'monxo'jaev
Zaxira: Sulaymonov, Dehqonov, Maxammatov




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar