So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Andijon rossiyalik murabbiy bilan kelishuvga erishdi Yangiliklar

Andijon rossiyalik murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Oxirgi besh yilda 6ta (!) bosh murabbiyni ishlatgan Andijon jamoasi bu yil ushbu qora ananasini davom ettirishga majbur bo'lmoqda.

Xabaringiz bor, Superliganing 3-turidan so'ng «Andijon» bosh murabbiyi o'z arizasiga binoan istefoga chiqqandi. Garchi jamoa natijasi ijobiy kechmayotgan bo'lsada, ko'pchilikka Aleksandr Xomyakovning faoliyati maqul kelayotgandi. Biroq rossiyalik mutaxassis shunga qaramay, klubni tark etishga qaror qildi. Bunga aynan nima sabab bo'lganini murabbiy to'liq izohlab bermasdan, shunchaki jamoada natija bo'lmagani bilan izohlab qo'ya qoldi.

«Burgutlar» rahbariyati bo'shab qolgan o'ringa bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqdi. Yakunda ular Viktor Kumikov variantida to'xtaldi. Rossiyalik taniqli mutaxassis yurtimizda karantin davri boshlanishidan avval O'zbekistonga tashrif buyurgandi. Malumotlarga ko'ra, Viktor Balyutovich dastlab Navoiyda bo'lib, «Qizilqum» rahbarlari bilan uchrashgan. Aftidan muzokara jarayoni ikkala tomonni birdek qoniqtirmagan ko'rinadi.

Deyarli ikki oydan buyon Yangier shahridagi futbol qarorgohida istiqomat qilib kelayotgan Viktor Kumikov yaqinda o'ziga yangi jamoa topdi.

Deyarli har mavsum bosh murabbiyini almashtirib kelayotgan «Andijon» jamoasi rahbariyati endi boshqa bir rossiyalik mutaxassis bilan hamkorlik qilishga og'zaki kelishib oldi.

Ishqibozlarga yaxshi malumki, Kumikov ilgari yurtimizda «Mashal», «Nasaf» hamda «Olmaliq» jamoalarini boshqargan. Uning faqat vohadagi faoliyati ijobiy taassurot qoldirgan deya olamiz. Karantin davri rasman to'liq yakuniga etgach, Viktor Balyutovich va «Andijon» jamoasi o'rtasida rasmiy bitim imzolanib, bosh murabbiyi sifatida keng ommaga tanishtiriladi hamda mutaxassis jamoada faoliyatini boshlaydi.

Katta ehtimol bilan «Andijon»ning o'quv-yig'in mashg'ulotlari Yangier shahridagi maxsus futbol qarorgohida olib boriladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика