So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  27 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

"Andijon" klubi vakillari SHahrihonga borib, faxriy futbolchi holidan xabar oldi Yangiliklar

"Andijon" klubi vakillari SHahrihonga borib, faxriy futbolchi holidan xabar oldi

"Andijon" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaevning topshirig'i va ko'rsatmasiga binoan holidan xabar oluvchi faxriylar ro'yxati shakllantirildi.

"Bunda qarovsiz qolayotgan, mehrga muhtoj bo'lganlari inobatga olindi.

Ular uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlandi. SHuningdek, har biri uchun moddiy taminot ham unutib qo'yilgani yo'q. 

Faxriylarni yo'qlashda "Andijon" klubi vakili Abdulhafiz Abdulhamidovga "Andijon" futbolida uzoq yillar to'p tepgan, muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan faxriylardan biri Orif Mamatkazin hamrohlik qildi.



Dastlabki manzil sifatida SHahrixonga bordik. U erda faxriy futbolchi – Abbos Turg'unov bor. Ayniqsa, bu insonni yoshi ulug' muxlislar juda yaxshi eslashadi. Ko'plab shogirdlarining ustozi. Hayotini futbolga bag'ishlagan. Andijon futbolida o'ziga xos nom qoldirgan. Abbos akani tumandagi sport maktabidan topdik. Surishtirganimizda, u kishini o'sha erda deyishdi.


Aytilgan joyga etib borganimizda, yangi yil arafasida bayram dasturxoni yozilgan ekan. "Andijon" klubi tomonidan tayyorlab qo'yilgan sovg'a-salomlar to'planganlarning oldida, shirin xotiralar eslangan holda, iliq fikrlar aytilib, Abbos Turg'unovga topshirildi. 

Albatta, bunday etibordan u kishining kayfiyati yanada ko'tarildi va o'z minnatdorchiligini izhor qildi", – deyiladi xabarda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика